2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Eshonobodda katta tantana: millatlararo totuvlik eng katta boylik

Toshkent viloyati Chinoz tumani Eshonobod qishlog‘ida tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri katta shodiyonaga aylandi.

Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, milliy-madaniy markazlar vakillari, mehnat faxriylari va yoshlar jam bo‘ldi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchilari ham ishtirok etib, xalqimiz quvonchiga sherik bo‘ldi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. O‘ziga xos mo‘’jaz shaharchaga aylangan Eshonobod qishlog‘i – viloyat markazi Nurafshon shahridan 80 kilometr, Chinoz tumani markazidan 20 kilometr olisda, qo‘shni davlat bilan chegara hududda joylashgan. Bu maskanni o‘ziga vatan ichra kichik vatan deb bilgan, bir oila farzandlaridek ahil va inoqlikda yashab, O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va boshqa millatlarga mansub yurtdoshlarimizning quvonchini, yuz-ko‘zidagi mamnunlikni so‘zbilan ifolash mushkul.

Mazkur hudud “Obod qishloq” dasturi asosida yangi qiyofaga kirdi. Bu yerda yashayotgan qariyb 3,2 ming nafar aholiga zarur sharoit yaratildi. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bu yerda barpo etilgan ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlari, uy-joylar barcha millat va elat vakillariga ko‘rsatilayotgan birdek e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tadbir munosabati bilan ahillik ko‘chasida o‘rnatilgan o‘tovlar qishloqdagi ko‘p millatli aholining ahil-inoq, totuv-hamjihat hayotidan hikoya qiladi. Bu esa “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” degan konstitutsiyaviy normaning yana bir amaliy ro‘yobidir. Mehmonlar o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus va tatar millatlarining urf-odatlari, milliy taomlari, hunarmandlik va amaliy san’at namunalari bilan tanishdi. Vatanimizdagi mana shunday millatlararo do‘stlik muhiti bilan birga ahil qo‘shnichilik siyosati xalqimizni birlashishiga xizmat qilmoqda.

"Uch avlod uchrashuvi" esa noz-ne’matlarga to‘la dasturxon atrofida, dilkash suhbatlar bilan davom etdi. Elimiz suygan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

28.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar