2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Nayman” obod go‘shaga aylanmoqda

“Obod qishloq” dasturi amalda

Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham qishloqlar, mahallalar qiyofasini tubdan yangilash va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib, obod go‘shalar soni yil sayin ortib bormoqda.  

Bunda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining hayotga tadbiq etilishi natijasida hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilanib, yangidan-yangi ijtimoiy soha ob’ektlari qurilmoqda.  

Jumladan, Xatirchi tumanida ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan hududlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

– Tumanimizdagi “Nayman” va “Galabek” mahalla fuqarolar yig‘inlarida dastur doirasida ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi tuman hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik bo‘limi mutaxassisi No‘’monjon Bekmurodov. – Natijada hududlarda aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, elektr ta’minoti yaxshilanmoqda, ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari rekonstruksiya qilinib, mahalla binolari yangidan bunyod etilmoqda.

Ayni paytda “Nayman” mahallasi hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bitta maktabda kapital ta’mirlash ishlari, 1 ta mahalla ma’muriy binosini yangidan barpo etish hamda 448 ta yakka tartibdagi uy-joylarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

– Hozirda 25 km. uzunlikda qum-shag‘al yotqizilib, markaziy ko‘chalar asfaltlanmoqda, – deydi shtab boshlig‘i, tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Ilhomiddin Safarov. – Bu ishlarga 2,6 milliard so‘m sarflandi. Mahalla aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 17 km elektr energiya ta’minoti uchun yangidan tarmoq tortilib, 7 ta transformator va 2 ta bazaviy stansiya qurildi. 16 kilometrli yangi aloqa tarmoqlari tortildi.

Dastur doirasida “Nayman” mahallasida yashovchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida umumiy qiymati 1,8 milliard so‘mlik 16 km ichimlik suvi tarmoqlari tortildi, 1 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

– Shu kunga qadar ichimlik suvini uzoq masofadan tashib ichar edik, – deydi Akbar bobo O‘roqov. – Endi “Nayman”da uzoqlardan texnika orqali toza ichimlik suv tashib keltirilmaydi. Hozir ichimlik suvi xonadonimizgacha kirib keldi. Aholi bundan mamnun. Chekka hududlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilgani barchamizni birdek quvontirmoqda.

Albatta, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” deganda, nafaqat shu hududlarning yo‘li yoki qiyofasi yaxshilanishi, balki mavjud ijtimoiy ob’ektlar to‘liq ishlashi bilan belgilanishi lozim. Dastur doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari esa aynan shu maqsadlarni qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir.  

 

26.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati

Foydali resurslar