2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Ayollar daftari”ga kirgan Gulmira yangi uy to‘yini nishonladi

Oramizda taqdir sinovlariga dosh berib, yolg‘iz o‘zi ro‘zg‘orini but qilishga harakat qilayotgan, farzandlarini kamolga yetkazayotgan ayollar ham bor.

Dang‘ara tumanidagi “Taptiqsaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Gulmira Ergasheva boshidan ko‘p qiyinchiliklarni kechirdi. Uch farzandiga hayotini bag‘ishlayotgan bu ayol davlatimizning e’tiboridan chetda qolmadi. “Ayollar daftari”ga kiritilib, ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.Tikuv mashinasi olib berildi, kiyimlar tikishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, homiylar ko‘magi bilan yashash uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan yangi uy qurib berildi.

Mamlakatimizda bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, og‘ir vaziyatga tushib qolganlarga ko‘mak berish, muammolarini tizimli hal qilish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Farg‘ona viloyatida “Ayollar daftari” bo‘yicha ikkinchi bosqich xatlov yakunlariga ko‘ra, 717 ming 179 nafar 30 yoshdan oshgan ayollardan 52 ming 540 nafarining individual kartalari to‘ldirilib, ehtiyojmand xotin-qizlar sifatida daftarga kiritildi. Qisqa fursat ichida 40 mingdan ortiq bu toifadagi ayollarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Ularning yashash sharoitlarini yaxshilash yo‘lida ezgu ishlar olib borilayotgani katta madad bo‘lmoqda. Xususan, bugunga qadar 4 nafar ayollarning uy-joyi ta’mirlandi, 128 nafar noturar joyda yashovchi ayollarga yordam berildi.

“Obod qishloq” dasturi asosida ulkan bunyodkorlik amalga oshirilayotgan “Taptiqsaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida Gulmira Ergasheva oilasi uchun yangi uyning qurilgani ana shu ishlarning uzviy davomidir.

Uy to‘yi katta tantanaga aylanib, Gulmiraning quvonchiga sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari va mahalladoshlari ham sherik bo‘ldi.  

Tadbirda  O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari Qobiljon Qirg‘izaliyev, Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov, Dang‘ara tumani hokimi Shuhratjon Tojihakimov ishtirok etib, xonadon sohibasini yangi uy bilan qutladi.  

–Men uchun kutilmagan sovg‘a bu. farzandlarimga yaxshi tarbiya berib, xalqimning bu madadini oqlayman, – deydi Gulmira Ergasheva.

O‘zbekona karnay-surnaylar, qo‘ni-qo‘shnilarning samimiy qutlovlari bilan shu kuni yangi uy to‘yxonaga aylandi.

11.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar