2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Fuqarolar murojaati e’tibordan chetda qolmaydi

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2021 yilning o‘tgan davrida 525 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 63 tasi ijobiy hal etilib, 463 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Joriy yil 23 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videselektor yig‘ilishda joylarda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini shakllantirish, odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan qator vazifalar belgilab berilgan edi.  

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, qolaversa, kadastr sohasida fuqarolarni qiynayotgan masalalar bo‘yicha qilinayotgan murojaatlarning birortasi e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Har bir murojaat o‘rganilib, imkon qadar qonuniy tarzda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.  

Bo‘ston tuman, Guzar mahallasi, Abdulla Qahhor ko‘chasida yashovchi Abdumannob Mamayusupovning Bo‘ston shaharchasidagi bozor hududida savdo do‘koni bo‘lganligi, bozorni kengaytirish, infratuzilmasini yaxshilash maqsadida buzilishga tushganligi, buzilgan do‘konlar uchun boshqa joydan yer ajratib berilgan vaqtda u oilaviy sharoiti tufayli kela olmaganligini bildirib, endi o‘ziga ajratilgan yerni berilishini so‘rab murojjat qilgan.  

Ushbu murojaat bo‘yicha Ishchi guruh tuzilib, masala o‘rganib chiqildi.  

O‘rganish natijasida buzilgan do‘konlar qatorida xaqiqatdan ham A.Mamayusupovga tegishli do‘kon bo‘lgan. Bozor hududida joylashgan savdo do‘konlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan fuqarolarga Bo‘z tumani hokimining 2018 yil 28 iyul kungi 1057-q sonli qaroriga asosan, “O‘zbekiston” massividan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi ajratilgan.  

Masala to‘la o‘rganilib, kadastr xizmati mutaxassislari tomonidan fuqaro A.Mamayusupovga “O‘zbekiston” massividan yer maydoni ajratib berildi. Shu tariqa bir necha yildan buyon fuqaroni qiynab kelayotgan muammo ijobiy yechim topdi.  

Shuningdek, murojaat bo‘yicha Andijon tumanida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaligi rahbarining muammosi ham kadastr xodimlari tomonidan hal etildi.

Fuqaro Sh.Usmonova o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli 2016 yildagi yer ijara shartnomasining asl nusxasini turli sabablarga ko‘ra ololmagani, mazkur hujjat Agentlikning Andijon tuman bo‘limida mavjudligi, uni olishga yordam berilishini so‘rab, murojaat qilgan. Agentlik mutaxassislari tomonidan so‘ralgan shartnomaning asl nusxasi topilib, murojaatchiga taqdim etildi.  

– Hech bir murojaat e’tiborimizdan chetda qolmaydi, – deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbari Fayoziddin Berdiqulov. – Murojaatlarni imkon qadar qonuniy, ijobiy hal etishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz, kadastr sohasida fuqarolarimizni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga, odamlarni hayotidan rozi bo‘lib yashashlariga ko‘maklashishdir.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlar izchil va tizimli olib borilmoqda.  

07.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar