2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Erkinjon Turdimov uy-joyini ta’mirlash uchun yordam so‘ragan fuqaroga shart qo‘ydi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov viloyat boshqarma va idoralari, tuman va shaharlar hokimliklari mas’ullari ishtirokida aholi murojaatlarini o‘rganish masalasini muhokama qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib viloyat bo‘yicha murojaatlarning soni 76 mingga yaqinni tashkil etmoqda. Ulardan 38 ming tasining ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar o‘z vaqtida bajarilmagan.  Viloyat hokimi mutassadilardan buning sababini so‘radi.

Shuningdek, davlat idoralari vakillarining aholi bilan bevosita uchrashuvlari ham barcha joyda birdek tashkil etilmayotgani qayd etildi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahri, Urgut, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida  rahbarlarning fuqarolar uchun sayyor qabullari kam tashkil qilingan.  

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokama jarayonida viloyat hokimi bilan uchrashishni so‘ragan, unga dardini aytmoqchi bo‘lgan fuqarolar ham ishtirok etdi. Ular tuman va shaharlardagi studiyalar orqali viloyat hokimiga o‘z muammolari yuzasidan murojaat qildi.  

Narpaylik fuqaro tumandagi Narpay tumanidagi Mirbozor bozoridan joy olishda yordam so‘rab, viloyat hokimining telegram messenjeriga va boshqa mas’ullarga murojaat qilgan. Uning murojaatiga ko‘ra, fuqaroga bozor hududidan joy ajratib berilgan, ammo u bundan norozi bo‘lib, bozor markazidan joy so‘ragan.

Ushbu murojaatni o‘z vaqtida hal etmagan ma’sul shaxslar egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Pastdarg‘omlik Lola ismli fuqaro katta hovlida yolg‘iz yashaydi. U uy-joyini ta’mirlash uchun viloyat hokimidan yordam so‘ragan. Ushbu murojaat asosida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan qurilish materiallari yetkazib berilgan. Endi Lola opa hashar yo‘li bilan uyini ta’mirlab berishlarini so‘ramoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bu xonadonning tomorqa yeri ham mavjud, ammo unday foydalanilmayapti. Viloyat hokimi fuqaroga tomorqani obod qilib, undan foydalanishni tavsiya qildi.

– Siz o‘zingiz va boshqa qarindosh-urug‘ingiz bilan tomorqani tartibga keltirib, uni obod qilib qo‘ying, undan daromad olishni o‘rganing, keyin biz sizga uy-joyingizna ta’mirlashga yordam beramiz, – dedi E.Turdimov. – Umuman, har bir fuqaro avvalo mavjud imkoniyatdan samarali foydalanishi kerak, ya’ni yaxshi yashash uchun tomorqasi, qo‘lidagi kasb-hunari orqali daromad topishni o‘rganishi kerak. Sendan harakat, mendan barakat, degan gap bekor aytilmagan.  

Ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘lmagani uchun yordam so‘ragan toyloqlik ayolning ham hovlisida subsidiya asosida issixona qurib beriladigan bo‘ldi.  

Uchrashuvda ishga joylashtirish, bolalar maydonchasi, ichki yo‘llarni ta’mirlagsh bilan bog‘liq murojaatlarga ham shu yerning o‘zida yechim topildi.  

Aholi murojaatlariga e’tiborsiz qaragan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan, belgilangan intizomiy choralar ko‘rildi.  

09.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar