
Hududlar bo‘ylab Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh sohadagi muammolarni o‘rganmoqda.
Kadastr sohasidagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlashdagi muammolarning yechimi, ularning ijobiy hal etilishi borasidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Jumladan, bir qator sayyor qabullar, davra suhbatlari tashkil etilyapti.
Sirdaryo viloyati Kadastr agentligi boshqarmasi rahbari Sh.Primqulovning ma’lumot berishicha, hozirgi kunda Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 190 ta murojaatlari «fuqarobay» ishlash tizimi orqali hal etilmoqda. Shuningdek, har bir murojaat fuqaroning xonadoniga borib o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda prezident Shavkat Mirziyoyev «Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |