2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘onada "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari ijrosi tahlil qilindi

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ishtirokida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturining ijrosi, aholini uy-joy bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, investitsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yil loyihalari ro‘yxatini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda joriy yilda“Obod qishloq” va “Obod mahalla”dasturlari doirasida 19 ta tuman va shaharlarda 2 tadan jami 38 ta qishloqlar va mahallalarda qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 261,9 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Dasturga kiritilgan 4567 ta ob’ektlarning loyiha smeta hujjatlari to‘liq tayyorlangan. 296 ta ob’ektlarda 117,1 kilometr yo‘llar asfaltlanib, 31,1 kilometr yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgan. bugungi kunda 36 ta qishloq va mahallalarga ichimlik suv tarmog‘i, 43,99 kilometr elektr tarmog‘i tortildi, 35 dona transformator, 2 ming 541 dona temir beton tayanchlari o‘rnatildi.

Ijtimoiy ob’ektlarda qurilish ishlari sifatli bajarilyapti. Hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, aholini ish bilan ta’minlash, boshqa muammolarini hal etishga e’tibor qaratilmoqda.

Farg‘ona viloyatida 2021 yil Investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha 764,1 milliard so‘m mablag‘ doirasida 137 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, aholini ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlash, 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Kun tartibidagi har bir masala tegishli mas’ullar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishlarda qilinishi zarur bo‘lgan topshiriq, vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli qilib bajarilishiga kelishib olindi.

Yig‘ilishda Bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov ishtirok etdi.

03.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar