2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tuman markazlari yanada obodonlashmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi nishonlanadigan joriy yilda investitsiya, “Obod qishloq” hamda “Obod tuman markazi” dasturlari doirasida Andijon viloyatining qator tuman, shahar markazlarida keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Andijon tumani markazi Kuyganyor shaharchasida olib borilayotgan ishlar fikrimizga bir misoldir. Bugun tuman markazida bo‘layotgan o‘zgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi. Aytish joizki, keyingi bir necha oy ichida Kuyganyor shaharchasi yanada obod bo‘ldi. Qator yangi savdo, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, turar-joy binolari, ravon yo‘llar bunyod etilib, shaharcha qiyofasiga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlamoqda.  

– “Obod qishloq”, “Obod tuman markazi” dasturlari doirasida joriy yilda tumanimizda keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda, – deydi Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev. – Ayniqsa, tuman markazida olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etish joiz. Bu ishlar natijasida tuman markazi nafaqat obod maskanga aylanmoqda, balki mavjud infratuzilma yaxshilanib, aholining yashash sharoitlari yanada yaxshilanmoqda.  

Shu kunlarda Andijon tumani Daryobo‘yi mahallasidagi Usmon Yusupov ko‘chasi, Oyjamol mahallasidagi Oliygoh ko‘chalarida bunyodkorlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Ushbu ko‘chalar ta’mirlanib, velosiped  va piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda, yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda, ko‘chalar chetlariga manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlanmoqda.  

Bu kabi ishlar viloyatning boshqa tuman va shaharlari markazlarida ham olib borilmoqda. Jumladan, Baliqchi tumani markazidagi N.Kubro, G‘.Yoqubov, Sohi bo‘yi, Xumo ko‘chalarida yo‘l chetlariga beton ariq o‘rnatish, gulzorlar barpo etish, piyodalar yo‘laklarini shag‘allash, bruschatkalar yotqizish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, Xonobod shahri, Oltinko‘l, Qo‘g‘ontepa, Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Shahrixon va Ulug‘nor tumanlari markazlaridagi ko‘chalarni zamonaviylashtirish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.  

02.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar