So‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning Toshkent shahar filiali tomonidan sektor rahbarlari faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Unga asosan sektor rahbarlarini har oyda 13 ta ko‘rsatkich (indikator) asosida baholab borish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shahardagi 48 ta sektor faoliyati joriy yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha baholab chiqilgan.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati monitoringi bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Sektor shtablari faoliyatini tashkil etish, shtab a’zolari faoliyatini nazorat qilish, aholi va ijtimoiy ob’ektlar muammolarini o‘rganish, kam ta’minlangan oilalar ahvolini yaxshilash hamda kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq muammoli masalalar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, sektor kotiblarining o‘z ishini to‘laqonli tushunmasligi, olib borilayotgan manzilli ishlar tizimli tartibda belgilab olinmaganligi, bajarilayotgan ishlarning “Temir daftar”ga to‘g‘ri kelmasligi, ishsizlarni bandligini ta’minlashda sektor rahbari masalaning ichiga chuqur kirib, mas’uliyat bilan shug‘ullanmaganligi, yoshlarni va chet eldan kelganlar bandligini ta’minlashda aniq ro‘yxatlar shakllantirilmaganligi, ehtiyojmand oilalar bilan ishlashda sektor va mahalla mas’ullari ularni shaxsan tanimasligi hamda sektor faoliyati tashkiliy jihatdan to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi, sektorlarda ish sharoitlari yaratilmaganligi o‘rganildi.
O‘rganish xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, barcha darajadagi rahbar xodimlar, xususan sektor mas’ullarining aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishda boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ish vaqtini samarali taqsimlash, mavjud resurslardan unumli foydalanish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qilayotgan sektorlar o‘z hududlarida barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etish bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida sektor rahbarlarining 13 ta ko‘rsatkich asosida reyting baholash tizimi hamda "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" bilan ishlash va o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, nafaqat tajriba almashish, balki o‘z faoliyati davomida olgan taassurotlari natijasida qo‘shimcha takliflar ham kiritishdir. Hozirgi kunda Toshkent shahrida mavjud 48 ta sektorda 530 maxalla mavjud bo‘lib, ular “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa barcha soha mutasaddilarining birgalikda, mahallalardagi muammolar, aholi turmushidagi muhim masalalarni birgalikda hal etishga yordam beradi. Reyting ko‘rsatkichlari past bo‘lgan sektor rahbarlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar batafsil aniqlanib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib borildi hamda ijrosi nazoratga olinadi.
Ta’kidlash kerakki, Prezidentimizning sektorlar faoliyatiga oid yangi qarori asosida sektorlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangi – adolatli va ta’sirchan tizim joriy etildi. Bu tizim fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish hamda sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |