2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi murojaatlari bilan ishlash muammolarni bartaraf etish yo‘lidir

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bӯlib ӯtdi.

Videokonferens aloqa shaklida o‘tgan tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari A.Davletov boshqarib bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi B.Alixonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xalq qabulxonasi rahbari S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi rahbari R.Aytmuratov va boshqalar bugungi kunda aholidan kelib tushgan murojaatlarning hal qilinish holati, bu borada amalga oshirilgan ishlar va muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlashning bugungi holati vazirlik va hududlar kesimida muhokama qilinib, bu borada ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha “favqulodda bir oylik” e’lon qilinib, barcha mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar, sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilindi. Ular shahar va tumanlarga, ayniqsa, chekka mahalla va ovullarga 15 kunlik mobilizatsiya qilinib, murojaatlarni joyiga chiqqan holda ijobiy hal qilish choralarini ko‘rish belgilandi. Tasdiqlangan jadval asosida haftasiga kamida 2 kun olis, chekka, og‘ir va muammoli hududlarda sayyor qabullar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi, ma’lum muddat talab etadigan va moliyalashtirish zarur bo‘lgan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha tuman, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Respublika darajasiga qarab, “Yo‘l xaritalar”ni ishlab chiqish va ijrosini alohida nazoratga olish belgilab olindi.

Xalq va virtual qabulxonalarga aholi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 33 ming 934 ta murojaat kelib tushib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga o‘sgan. Murojaatlarning 7276 tasi, ya’ni 21 foizi ijobiy hal qilingan. Kelib tushgan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganida fuqarolar ko‘proq aholining bandligini ta’minlash, kredit ajratish, moddiy yordam va nafaqa, elektr va gaz, sog‘liqni saqlash masalalarida murojaat yo‘llagani aniqlangan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 1640 ta masala bo‘yicha 1534 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 1607 tasi (98 foizi) hal etilgan.

Yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama etildi. Aholi murojaatlari bilan ishlashda deputatlarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, ularning o‘zlari saylangan hududdagi muammolar tegishli vazirlik va hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganini doimiy o‘rganib, nazorat qilib borish vazifalari belgilandi. Har bir murojaatda keltirilgan muammolarni ijobiy hal qilish, ayniqsa, chekka hududlardagi aholining yashash sharoitini o‘rganish va yaxshilash masalasiga jiddiy e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlandi.

29.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar