Ўзбекистон Республикаси Президентининг Виртуал қабулхонаси ахборот тизими фаолиятининг узлуксизлигини таъминлаш мақсадида режали техник профилактика ишлари олиб борилиши муносабати билан эртага 2021 йил 29 июн (Сешанба) куни соат 19:00 дан шу йилнинг 30 июн (Чоршанба) куни соат 02:00 га қадар Виртуал қабулхона тизимидан фойдаланиш имконияти чекланиши мумкинлигини маълум қиламиз. Вақтинчалик ноқулайликлар учун узр сўраймиз.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namanganda o‘tkazilgan sayyor qabul natijalari qanday bo‘ldi?

Prezident Xalq qabulxonalari Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chust tumanlarida cud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil qilinib, odamlar bilan jonli muloqot asosida ularning masalasiga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi mas’ullari bilan avvalgi va bu galgi muloqotlardan so‘ng ilgari sohadagi xizmatidan nohaq bo‘shatilgan mayor Anvarjon Turg‘unov, kapitan Behzodbek Madaminov, katta leytenant Elmurod Boyxonov, kichik serjant Jahongir Shokiraliyev, serjant Kamoliddin Manzurov, safdor Elyor Husanovning necha yillik sarsongarchiliklari barham topdi. Ularning Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga yo‘llagan, oldin o‘tkazilgan shunday qabullardagi murojaatlari o‘rganilishi va natijada ichki ishlar vazirining xulosasiga asosan bu 6 nafar sobiq ichki ishlar xodimi maxsus unvonlari bilan oradagi uzilish xizmat muddatiga qo‘shilgan holda ichki ishlar organlariga ishga tiklandi.

Namangan shahar ichki ishlar tizimida jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili bo‘lib ishlagan katta leytenant Elmurod Boyxonov o‘tgan yili karantin vaqti bir bank xodimi koronavirus xastaligiga chalingani haqida tog‘asining o‘g‘liga audioyozuv yuborgani, tog‘avachcha esa uni tanishlariga ulashgani mojaroga aylanadi. Oqibatda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 2020 yil 13 aprelda u ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga dog‘ tushishiga yo‘l qo‘yganligi uchun ishdan bo‘shatiladi. So‘ng katta leytenant Boyxonov sudga arz qiladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi esa 2020 yil 21 iyuldagi hal qiluv qarorida uni ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilishi haqidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topib, ishga tiklash haqida qaror qabul qiladi. bugungi qabuldagi murojaatdan so‘ng esa katta leytenant Elmurod Boyxonov Uychi tumani ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi inspektori lavozimiga tayinlandi.

Kichik serjant Jahongir Shakaraliyev va serjant Kamoliddin Manzurov yo‘l harakati xavfsizligi tizimida ishlagan. 2019 yil 25 noyabr kuni ular «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida avtomobillardan birini to‘xtatgan. Bu faoliyatni kuzatib turgan mas’ul xodimlar olgan tezkor videotasvirlarga ko‘ra esa, ular haydovchidan pulga o‘xshash narsalarni olib, avtomashina hujjatlarini qaytarib berganligi, bu xatti-harakat shubhali ekani sababli xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bu tekshiruv natijasida ular ham ichki ishlar organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etgan, deb topilib, 2020 yil 6 yanvarda ishdan bo‘shatilgan. Bu ish ham sudda ko‘rilgach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi 2020 yil 22 iyulda serjant Kamoliddin Manzurovni, 2020 yil 15 dekabrda esa kichik serjant Jahongir Shakaraliyevni oqladi. Sudning hal qiluv qarorlariga ko‘ra, ularni ichki ishlar organlariga tiklanishi belgilandi. Bu galgi muloqotlardan so‘ng kichik serjant Jahongir Shakaraliyev patrul-post tizimi haydovchisi, serjant Kamoliddin Manzurov esa Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi inspektori vazifalariga ishga qabul qilindi.

Muloqotlar jarayonida Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari ko‘rib chiqqan 451 ta masalaning 239 tasiga joyida yechim topildi. E’tiborlisi, qabullar doirasida bir qator mahkumlarning murojaatlari asosida ishi qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, namanganlik Jamoliddin Zayniddinov kosonsoylik qarindoshi Nodir Zunnunovning ishini qayta ko‘rib chiqib, adolatli yechim topib berishni so‘radi. Gap shundaki, Nodir Zunnunov firibgarlik qilgani uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining 2020 yildagi hukmiga ko‘ra, 5 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Lekin Jamoliddin Zayniddinovning aytishicha, ular qarindoshi yetkazgan zararni qoplab bergan. Bu ish ham Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida atroflicha ko‘rib chiqildi va mazkur sud ajrimi bilan Nodir Zunnunov qamoqdan ozod etildi.

Komila Nabiyeva esa Oliy sud mas’ullariga qamoqda belgilangan jazo muddatini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘i qilmishlariga yarasha jazo olayotganini, lekin uning salomatligi yomonlashayotgani uchun uning ishini qayta ko‘rib chiqishlarini iltimos qildi. Farzandlarini yolg‘iz o‘stirayotgan onaning murojaati asosida bu ish ham qayta ko‘rib chiqilib, erining jazo muddati 5 yilga qisqartirildi.

Murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor sud majlislarida jami 90 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi, tomonlar yarashgani yoki zararlar qoplab berilgani munosabati bilan 15 ta jinoyat ishi, 102 ta ma’muriy ish yurituvdan tugatildi.

22.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar