2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkentda o‘tkazilgan sayyor qabulda 81 nafar fuqaroning muammosiga yechim izlandi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida bugun, 14-iyul sanasidan boshlab, sud-huquq masalalari bo‘yicha galdagi uch kunlik ommaviy qabullar boshlandi.

Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, huquqiy jihatdan ko‘makka muhtoj bo‘lganlarga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan yana bir bor muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida o‘tgan sayyor qabulda Oliy sud raisi o‘rinbosari Xalilillo To‘raxo‘jayev, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov va Sudyalar Oliy kengashi sudyalari, Oliy sud hamda Toshkent shahar sudining fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning raislari, sudyalari jami 81 nafar fuqaroning murojaatlarini qabul qilishdi.

Sayyor qabulda Yangihayot, Sirg‘ali, Yakkasaroy va Bektemir tumani fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlardan 42 nafari jinoyat ishlari, 4 nafari ma’muriy huquqbuzarlik ishlar, 35 nafari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.

  • 12 nafar fuqaroning arizalari qanoatlantirilib, ularning kassatsiya shikoyatlari Oliy sudda mazmunan ko‘rish uchun qabul qilindi.
  • nafar fuqaroning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqilishi ta’minlandi.
  • nafar fuqaroning da’vo arizalari birinchi instansiya sudining ish yurituviga qabul qilindi.
  • 21 nafar fuqarolarning turli mazmundagi arizalari qabul qilinib, ularning barchasi joyida ijobiy hal etildi.
  • 48 nafar fuqaroga tegishli huquqiy tushuntirish berildi.
  • nafar fuqarolarga aliment undirish haqidagi sud buyruqlari chiqarilib, ijroga qaratildi.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha 12 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal etildi:

  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tomonidan 3 nafar,
  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi tomonidan 5 nafar – jami 8 nafar sudlanuvchilarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.

Bundan tashqari, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tomonidan,

  • nafar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘z ixtiyorlari bilan moddiy zararni o‘rnini qoplaganliklari uchun ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishlar MJtKning 271-moddasi 11-bandiga asosan ishlari tugatildi;
  • 1 nafar shaxsga nisbatan MJtKning 33-moddasi qo‘llanib, qonuniy yengillik berildi.

16.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar