
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Komilov 19-sentyabr kuni Qo‘shrabot tumani aholisi bilan muloqot va sayyor qabul o‘tkazdi.
K. Komilov Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbarining sohaga oid farmon va qarorlari mazmun-mohiyati xususida tushuncha berdi.
Sud organlari faoliyatining takomillashtirilgani, sudyalarni tayinlashda keng jamoatchilik fikri inobatga olinayotgani, sudlanuvchilarga jazo qo‘llashda xalq bilan bamaslahat ish tutilayotgani, davlat va jamoat tashkilotlari kafilligi asosida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanayotgani sohadagi islohotlarning asosini tashkil etmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018-yil 13-iyulda qabul qilingan “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa sud organlarining faoliyatidan xalqimizni xabardor etish, aholi bilan yaqinligini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 17-18-sentyabr kunlari Samarqand viloyati tuman va shaharlarida Oliy sud raisi o‘rinbosarlari va sudyalarining sayyor qabullari tashkil etildi. Ushbu qabul va aholi bilan muloqotlar chog‘ida joylarda echimini kutayotgan ko‘plab masalalar ijobiy hal etildi. Aholiga zarur huquqiy yordam va maslahatlar berildi.
Bu chora-tadbirlar sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sayyor qabul davomida Oliy sud raisi va sudyalar qo‘shrabotliklarning 60 ga yaqin murojaatini eshitdi.
O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |