2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonda sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidnti maslahatchisining 1- o‘rinbosari B. Islomov rahbarligida Respublika ishchi guruhi tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, aholining sud idoralari bilan bog‘liq muammolarini hal etishilishiga ko‘maklashish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat prinsiplarini qaror toptirish, fuqarolarning huquqiy bilim va savodxonligini yuksaltirish maqsadida jinoyat, fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hayatlari sudiyalari, prokuratura, ichki ishlar mutasaddilari ishtirokida Andijon tumanidan tashkil etilgan ommaviy qabul davomida Andijon, Oltinko‘l, Izboskan va Paxtaobod tumanlarida yashovchi fuqarolar sud-huquq masalalar yuzasidan murojaat qildi.  

- Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon shahar va viloyat sudlari qarorlaridan norozi bo‘lib murojaat qildim, - deydi Andijon shahri O‘rikzor mahallasida yashovchi Shoiraxon Qosimova. – Qabulda menga oid nizoli mulk masalasini sudyalar yetarli darajada o‘rganmasdan qaror chiqarganligini aytib, ish qayta ko‘rib chiqilishini so‘radim. Qabulda menga qonun doirasida, kassatsiya tartibida Oliy sudga ariza topshirishim mumkinligi, umuman, murojaatim bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.  

Qabul davomida qilingan murojaatlarning asosiy qismini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qarorlaridan norozilik, belgilangan jazolarni yengillashtirish, qarzdorlikni undirish, uy-joy, meros masalalari tashkil etdi.

-  Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi tomonidan ukam Sodiqjon Yunusov ishi bo‘yicha chiqarilgan qarordan norozi bo‘lib qabulga keldim, - deydi Oltinko‘l tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi Shaxnoza Yunusova. – Tuxmat tufayli ukamga ish ochilgan sud jarayonida guvohlar ishtirok etmadi, yuzaki o‘tkazilgan sud jarayonida unga 12 yil ozodlikdan marxum qilish jazosi tayinlandi. Xatto, ukamning 5 nafar farzandi borligi, mahalladan ijobiy tavsiyanoma olinganligi ham inobatga olinmadi.  

Qabulda murojaatim bo‘yicha menga tegishli tushuntirish berildi, murojaatim bo‘yicha hujjatlarni prokuratura ko‘rib chiqadigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda Oltinko‘l tumanidagi “Akromjon” fermer xo‘jaligi rahbari To‘lqinjon Barotov viloyat iqtisodiy sudiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, fermer xo‘jaligining 12,9 gektar yer maydoni tuman hokimining adolatsiz qarori bilan olib qo‘yilgan. Viloyat iqtisodiy sudi mazkur holat bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqib, tuman hokimining qarorini noqonuniy, deb topdi va fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan yer qaytarish yuzasidan qaror chiqargan.  

Ikki nafar farzandim bor, yolg‘iz onaman, - deydi Oltinko‘l tumani “Saroy – 1” mahallasida yashovchi Ma’muraxon Rahmonova. – Oltinko‘l tumangaz idorasida ishlar edim. Viloyatgaz idorasi Kasaba uyushmasi qarori bilan nohaq ishdan bo‘shatildim. O‘z ishimga tiklanish bo‘yicha murojaat qildim. Hujjatlarim ko‘rib chiqilib, menga tegishli tushuntirishlar berildi.  

Sayyor qabul doirasida ichki ishlar idoralari tomonidan bir guruh yurtdoshlarimizga fuqarolikka qabul qilinganlik bo‘yicha ID kartalar topshirildi.  

- Hozirda nafaqa yoshida bo‘lsam-da, Andijon shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida santexnik bo‘lib ishlayman, - deydi Andijon tumani Sanoat mahallasida yashovchi Ismoiljon Ahmedov. – 1995 yilda Tojikistondan Andijonga, qarindoshlarim oldiga ko‘chib kelganman. Yigirma yildirki, fuqarolik ololmay sarson edim. Bugun mendan baxtli inson yo‘q, ko‘p yillik orzuim ushalganligidan behad mamnunman.  

Shuningdek, qabul doirasida sayyor sud majlislari o‘tkazilib, bir guruh fuqarolar javobgarlikdan muddatidan avval ozod etildi.  

- Aliment to‘lovini to‘lamaganligim uchun sud qarori bilan ikki yil muddatga oylik ish haqimning 20 foizini ushlab qolish sharti bilan javobgarlikka tortilgan edim, - deydi Oltinko‘l tumani Mehnat mahallasida yashovchi Alisher To‘xtamurodov. -  bugungi sayyor sud majlisida aliment bo‘yicha belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida to‘lab borishim tushuntirilib, javobgarlikdan shartli ravishda ozod etildim.

Sayyor qabul davomida murojaatchilarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.  

Andijon viloyatida uch kun davom etadigan ommaviy qabullar Bo‘ston, Asaka va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida ham o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur qabullarga viloyatning barcha tuman va shaharlari aholisi qamrab olinadi.

 

07.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar