2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzaxning Xonbandi aholisi mamnun

«Xonbandi» mahallasidagi 9 qavatli uy ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Ushbu uy tuman hokimligi balansiga olinib, «Obod qishloq» dasturi doirasida to‘liq ta’mirlandi va uning 4 qavati jismoniy imkoniyati cheklangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj 36 nafar nogironlar uchun ajratilib, to‘liq jihozlandi.

Nogironlar uchun ajratilgan har bir xonadon uy jihozlari bilan ta’minlanib, yashash uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Tabiiy gaz, issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan. Kanalizatsiya tizimi to‘liq ta’mirlanib, ishlab turibdi. Uy hovlisida bolalar maydonchalari, sun’iy o‘yingoh bunyod etildi, uy atrofiga manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Ularni sug‘orish uchun suv tarmog‘i tortildi.

Bir so‘z bilan aytganda bu uyda baxtli yashash uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlar muhayyo etildi.

Forish tuman hokimi Abdivali Mustanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimi Narzulla Oblomurodov, ushbu uy boshqaruvchisi Tansiq Hosilbekova, mehnat faxriysi Natalya Magedinalar so‘z olib, bar-cha yig‘ilganlarni mustaqilligimizning 27 yilligi bilan samimiy qutladi va mamlakatimizda imkoniyati cheklangan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni imkoniyatiga qarab ish bilan band etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

– Fayzli, go‘zal, kishi ko‘rsa havas qiladigan mahallaga ko‘chib kelganimizdan quvonchim ichimga sig‘mayapti, – deydi baxtli oilalardan birining bekasi Majrum qishlog‘idan ko‘chib kelgan nogiron, 2 nafar farzandning onasi Kenjagul Turkmenova. – Oldingi uyimiz o‘tgan asrning oltmishinchi yillarida qurilgan bo‘lib, shart-sharoitlari yo‘q, yaroqsiz holga kelibqolgan edi. Yashash uchun sharoitlar cheklangan joyda bir umr qolib ketishdan qo‘rqib yashardik. Shu kunlarga etkazganiga shukr. Bunday imkoniyatni yaratib bergan muhtaram Prezidentimizga va tumanimiz rahbarlariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

– Biz oilamiz bilan "O‘xum” mahallasida yashardik, – deydi imkoniyati cheklangan Mironshoh Farmonov. – Mahallamiz tuman markazidan ancha olisda bo‘lib, imkoniyatim cheklangani bois shaharlarga borib turishga qiynalardim. «Obod qishloq» dasturi bois «Xonbandi» mahallasi shahar qiyofasini olibdi, ko‘rib ko‘zimiz quvondi. Qolavresa, bu erda farzandlarimizni barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun bolalar maydonchalari, o‘yingoh bunyod etilgan. Kichkintoylarimiz uchun maktabgacha ta’lim muassasasi muhayyo. Yaratib berilgan bunday imkoniyatdan foydalanib, farzandlarimizni Vatanga sadoqatli, el-yurtga xizmat qiladigan komil insonlar bo‘lib ulg‘aytirishga va’da beramiz. Bizga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlikdan mamnunmiz.

Bayram tadbirida tuman madaniyat va aholi dam olish markazi san’atkorlari, o‘quvchi-yoshlar baxtiyorlik va shodlik kuy-qo‘shiqlarini, laparlarini ijro etishib, tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. Vatan, istiqlol, mardlik, tinchlik haqidagi eng sara qo‘shiqlar sahna uzra jarangladi.

Insonhayotdan qachon rozi bo‘ladi? Qachonki, u o‘z uyiga ega bo‘lsa, oilasi bilan tinch-totuv yashasa. Aynan ana shu insonga bo‘lgan e’zoz va ehtirom bugungi kunning amaliy harakatiga aylangan. Tadbir nihoyasida nogironi bor, uyga muhtoj 33 nafar oilalar barcha shart-sharoitlar yaratilgan o‘zlari uchun ajratilgan uylarga joylashtirildi.

18.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar