
Toshkent viloyatining ko‘p qavatli uylar va unga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar kelgusida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, xonadonlarning qish mavsumini muammosiz o‘tkazish imkonini beradi.
Bo‘ka tumanida jami 39 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, shundan 37 tasi ikki qavatli, 2 tasi to‘rt qavatlidir. Hozir aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘p qavatli uylarning me’moriy qiyofasini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, unda boshqaruv servis kompaniyalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar qizg‘in.
Mahallada istiqomat qiladigan bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun ko‘p qavatli uylar hududida bolalar o‘yingohlari qurib berildi. Hozir hududdagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmaganligi tufayli yopilib, ular o‘rniga boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilib, aholi bilan shartnomalar tuzish ishlari boshlab yuborilgan. Maqsad, aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishdir.
Ta’kidlash joizki, tumanda ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, suv hamda yo‘l ob’ektlarini qurish, 2021-2022 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha 20 milliard imtiyozli kredit ajratilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, tegishli dastur ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, belgilangan mablag‘ tumandagi ko‘p qavatli uylarni tamirlash, ichki muhandislik tizimlarini tiklash hamda obodonlashtirish ishlariga sarflanadi.
Xususan, 9 ta ko‘p qavatli uyning tom qismini to‘liq ta’mirlash, 44 ta kirish yo‘laklari, 12 ta uyning fasad qismi, 14 ta uyning yerto‘la qismi ta’mirlanadi. Shuningdek, irrigatsiya tizimini tiklash, beton yo‘laklar, zamonaviy yoritish chiroqlari o‘rnatish, avtoturargohlar qurish, sport majmuasi bunyod etish, tashqi issiqlik taminotini tiklash kabi amaliy ishlar olib boriladi. Natijada, Bo‘ka tumanida ko‘p qavatli uylarning me’moriy qiyofasi yanada ko‘rkamlashib, unda yashovchi aholi vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yanada yaxshilanadi.
Shuningdek, Quyi Chirchiq tumanida ishlab chiqilgan manzilli dasturga asosan, “Paxtazor” mahalla fuqarolar yig‘ini Ibn Sino ko‘chasida joylashgan 4 va 5-sonli ko‘p kvartirali uy-joylarda 2021-2022 yillarda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Shu kunlarda mazkur ko‘p qavatli uylarda 40 ta oila istiqomat qiladi. Jumladan, 5-uyning tom qismi to‘liq yangilanib, ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari, hududdagi har bir oila uchun alohida omborxona qurib berildi. Shuningdek, 2 ta tandirxona ham qurib bitkazildi.
Hududda ishlar qizg‘in. Quruvchilar tomonidan uyning tom qismi demontaj kilinib, profnastil bilan yopish, fasad qismi va kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Bu ishlarga 4 ta quruvchi brigadadan quruvchilar jalb qilingan. Umumiy qiymati 2,1 milliard so‘mni tashkil etadigan mazkur loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joriy yilning 1 avgustiga qadar to‘liq yakuniga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |