Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Rahmatullayev Baliqchi tumanida xotin-qizlar va yoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Baliqchi tumani hokimi, sektor va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i uchrashuv avvalida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida videoselektor shaklida bo‘lib o‘tgan yoshlar va talabalar forumida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan fikrlar, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng yoshlar va xotin-qizlarning ishga joylashish, kredit olish, farzandini davolatish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, pasport olish singari qator masalalar bo‘yicha murojaatlari eshitildi.
Fuqarolardan qabul qilingan 35 ta murojaatning 18 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.
– Xonadonimda qandolat mahsulotlari tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, zarur jihoz va vositalar sotib olish uchun bankdan kredit olish uchun yordam so‘radim, – deydi Olchazor mahallasida yashovchi Nazokat Muhitdinova. – Murojaatim bank mutasaddilari tomonidan ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishni boshlashim uchun menga duxovka taqdim etdi. Nasib etsa, yaqin muddatlarda tadbirkorlik faoliyatimni boshlayman.
Uchrashuvda ma’lum muddat va o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mutasaddi idoralar rahbarlariga o‘rganish, qonuniy ijrosini ta’minlash vazifasi topshirildi.
Tadbir yakunida tumanda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda umumta’lim maktablarning bir guruh bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |