Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
500 dan ziyod xonadonda elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida Andijon viloyatidagi tanlab olingan mahallalarda keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Baliqchi tumanidagi Iftixor mahallasida ham dastur doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari avjida.  

Ayni kunda 3 ming 200 nafardan ziyod aholi yashayotgan mahalla qiyofasi tubdan yangilanmoqda. Mahalla hududidagi qator ko‘chalar ta’mirlanib, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini yaxshilash, fuqarolarning bandligini ta’minlash, turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu kunlarda mahallaning Bog‘i eram, Oydin, Alvon ko‘chalari aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi nimstansiya "Qiyali" elektr uzatish tarmog‘i orqali 10 kV kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Hududdagi eski 0,4 kV kuchlanishli hamda 10 kV kuchlanishli havo tarmoqlarida demontaj ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, quvvati 100 hamda 160 kVA bo‘lgan ikkita yangi transformator olib kelib o‘rnatildi, quvvati 400 kVA bo‘lgan ikkita transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, havo tarmog‘iga ulangan iste’molchilarning elektr hisoblagichlari o‘rnatilgan shitlar yangisiga almashtirib berildi.

"Obod qishloq" dasturi bo‘yicha jami 3,7 kilometr uzunlikdagi 0,4 kV kuchlanishli havo tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ko‘chalariga jami 155 dona temir beton ustunlar olib kelinib o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 55 dona temir beton ustunlar o‘rnatildi.  

Yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi bilan Iftixor mahallasidagi mavjud 500 dan ziyod xonadonda elektr energiyasi ta’minoti sifati yanada yaxshilanadi.

17.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar