2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Rektorlar qishloq yoshlari bilan uchrashdi

Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining rektorlari Zomin tumanida qishloq yoshlari bilan uchrashib, ular bilan ochiqmuloqot o‘tkazdi.

Tumanning Yoshlik mahallasidagi 5-umumta’lim maktabni bu yil 130 nafar o‘quvchi yoshlar bitirayotir. Mustaqil hayot ostonasidagi bu yoshlarning aksariyati oliy ta’lim muassasalariga kirib o‘qishni davom ettirish niyatida. Ayni paytda ularni kasbga to‘g‘ri yo‘naltiruvchi maslahatlar juda zarur.

Shuning uchun qishloqqa Jizzax davlat pedagogika instituti rektori, professor Shavkat Sharipov, Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori Alisher Usmonqulov, O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali direktori Olimjon To‘raqulov qishloqqa kelib, kerakli maslahat va tavsiyalarni berdi.

Uchrashuvda rektorlar yoshlarga o‘zlari rahbarlik qilayotgan oliygoh haqida batafsil ma’lumot berdi. bugungi zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash uchun oliy ta’lim muassasasi moddiy texnik bazasini mustahkamlashda, zamonning tezkor talablariga mos ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kafedralar va laboratoriyalar faoliyatini yanada yaxshilashda keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar, talabalar uchun qulayliklar haqida gapirib berdi.

Yangi tashkil etilgan fakultetlar istiqbollari, qishloqlarda yangi ish o‘rinlari yaratish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv davomida hukumat qarorlari asosida oliygohlarga hujjat topshirgan abituriyentlarga berilishi ko‘zda tutilgan imtiyozlar, kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim yo‘nalishlari haqida ham batafsil tushunchalar berildi.

Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldi.

16.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредитИшонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar