2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tanzila Norboyeva Orolbo‘yida xotin-qizlar va yoshlar muammolarini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov Ellikqal’a tumanida bo‘ldi.

Senat Raisi dastlab "Aqchako‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi xotin-qizlar va yoshlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan “O‘quv markazi” faoliyati bilan tanishdi.  Ushbu markazda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi o‘qiyotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

 So‘ng o‘quv markazida "Aqchako‘l”  ovul fuqarolar yig‘ini hududida mahallabay ishlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan loyihalar bilan tanishdi.  “Ayollar maslahat kengashi” a’zolari bilan muloqot qildi.

 Keyin esa  "Bo‘ston”  mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yoshlar mehnat guzari”da tashkil etilgan xizmatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.  Bu yerda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Yoshlarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, repetitorlik faoliyati,  dars jarayoni bilan tanishdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva Amudaryo tumanida ham bo‘ldi.

 Dastlab tumandagi Durunki mahallasida bo‘lib, faollar, aholi hamda yoshlar bilan uchrashdi.

 Uchrashuv mobaynida tumanda ilm-fan, sport sohasida yuqori marralarni egallayotgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Shundan keyin “O‘rta qal’a chorvadori” agrofirmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Senat Raisi 2020 yil mavsumida 2 tonnadan ortiq yuqori sifatli asal yetishtirib, 90 million so‘m sof foyda ko‘rgan agrofirma rahbari bilan muloqot qilib, tadbirkorning ishsiz yoshlarni o‘qitish orqali bandligini ta’minlash va asalarichilikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasiga yuqori baho berdi.

 Senat Raisi mahallalarda ham bo‘lib, pilla yetishtirish va gilam to‘qish orqali daromad olayotgan oilalar, o‘z-o‘zini ish bilan band qilayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

 T.Norboyeva tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi binosida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning ish jarayonini kuzatdi.  

 Tuman faollari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Senat Raisi mahalliy Kengash faoliyatini yanada jonlantirish, tumanni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

 Tadbir davomida "Temir daftar" va "Ayollar daftari"da turgan yurtdoshlarimizga sovg‘alar topshirildi.

 Senat Raisining Orolbo‘yiga tashrifi davom etmoqda.

11.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar