Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Jizzax cho‘lidagi “Bunyodkor” oradan yillar o‘tib yana obod bo‘ldi

“Obod qishloq” Davlat dasturi amalda

“Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi “Bunyodkor” qishlog‘i mahalla fuqarolar yig‘ini idorasining binosi mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Yangilangan binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan mahallada ommaviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.  

Jizzax cho‘lining yangi o‘zlashtirilgan hududida o‘tgan asrning 70- yillarida barpo etilib, 1993 yilgacha mashhur paxtakor Mamajon Dadajonov nomi bilan atab kelingan bu qishloq o‘sha davrlarda tumandagi obod maskanlardan biri bo‘lgan. Ammo keyingi yillarda qishloqning ahvoli havas qiladigan bo‘lmay qolgandi.  

2019 yili “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq butunlay yangilandi. Dastur asosida qishloqqa 18 milliard 638 million so‘m mablag‘ ajratilib, aholi turar joylari, ijtimoiy soha inshootlari ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiyot binolari, Madaniyat saroyi to‘la ta’mirdan chiqarildi, ko‘chalar, jamoat joylari obodonlashtirildi.  

Qishloqqa 7 kilometr masofadan ichimlik suvi keltirilishi, 3,5 kilometrli avtoyo‘lning ta’mirlanishi, bozor va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining ishga tushirilishi odamlarga katta qulaylik yaratdi.  

600 million bank krediti ko‘magida barpo etilgan MCHJ shaklidagi “Bunyodkor” tikuvchi qizlari” korxonasida qishloq ayollarining yuz nafari ish bilan ta’minlandi.

Manzilli dastur doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi qurib foydalanishga topshirilishi aholi uchun yana bir qulaylik bo‘ldi.  

– Mahalla ma’muriy binosi qishlog‘imizda Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan katta yangilanishlarning bir qismi sifatida aholi uchun qulaylik bo‘ldi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nurmurot Pakirov. – Loyiha qiymati 400 million so‘m bo‘lgan binoda mahallaga to‘laqonli xizmat qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Xonalar axborot-kommunikatsiya vositalari, zarur mebellar bilan jihozlandi. Davlatimiz e’tibori bilan amalga oshirilgan bu ishlar aholi turmush farovonligi oshishi, odamlarning hayotdan rozi bo‘lishlariga olib kelayotir.  

Yangi binoning ochilish marosimida ishtirok etgan 3-sektor rahbari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirov, Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev Prezidentimizning Besh muhim tashabbusi doirasida o‘tkazilgan sport tadbirlarida faol ishtirok etgan qishloq yoshlariga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirdi. Kasb-hunarga o‘qitilgan bir guruh xotin-qizlarga sertifikatlar, ikki nafar ayolga tikuv mashinalari berildi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolik pasporti olish yoshiga yetgan bir guruh yoshlarga ID kartalar topshirildi.  

Badiiy jamoalarning konserti namoyish etildi.  

02.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar