2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xorazmda uch kunda 548 fuqaro sudlarga oid o‘z murojaatini bildirdi

Xorazm viloyatida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari va Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida uch kun davomida ommaviy qabullar o‘tkazildi.

Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari I.Muslimov tomonidan 548 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Qabul qilingan fuqarolarning 207 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 276 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 57 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha, 8 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Murojaatlarning 280 tasi joyida hal etildi.  

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taraflar yarashganligi va da’vogar da’vosidan voz kechganligi sababli nikohdan ajratish haqidagi 7 ta fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatildi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, 4 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 3 ta oila yarashtirildi.

Iqtisodiy sudlar tomonidan 43 ta ish sud majlislarida ko‘rilib, shundan tadbirkor (da’vogar)lar foydasiga jami 6 milliard 882 million 586 ming 229 so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirildi. Shuningdek, respublikamiz byudjetiga 20 million 555 ming 900 so‘m ixtiyoriy ravishda davlat boji to‘langan bo‘lsa, sud qarorlariga asosan 154 million 240 ming 729 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

23.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar