Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Bog‘ibo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mullazoir mavzesida namunaviy xonadonlar va zamonaviy ko‘p qavatli uylardan iborat kichik shaharcha qad rostlamoqda. Bu yerda so‘nggi 5 yil davomida bunyod etilgan va ayni vaqtda qurilishi davom etayotgan yangi uylarda mingga yaqin oilani turar-joy bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xonadonlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar, mehnat migrantlari, nogironligi bo‘lgan kishilar, yosh oilalar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga berilyapti.
Ayni vaqtda mazkur mavzeda 272 xonadonli 11 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi davom etayotgan bo‘lib, 76 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Yangi uy-joylar mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa sifatida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Tumanda ko‘p qavatli uylar qurilishi yildan-yilga jadallik bilan o‘sib bormoqda. So‘nggi uch yil davomida “Bog‘ibo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mullazoir mavzesida 26 ta ko‘p qavatli va 152 ta namunali arzon uy-joylar qurib bitkazildi.
2019 yilda 48 xonadonli 2 ta ko‘p qavatli uylar o‘z egalariga topshirilgan bo‘lsa, 2020 yilda 520 xonadonga mo‘ljallangan 15 ta zamonaviy ko‘p qavatli uylar qad rostladi.
Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida zamonaviy turar-joy binolari bolalar va sport maydonchalari, elektr va issiqlik manbai, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmoqda.
Hududda davlat xususiy sheriklik asosida zamonaviy bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich ta’lim maktabi foydalanishga topshirilgan. Aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida esa “Yoshlar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |