2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hech kim e’tibordan chetda emas

Yurtimizda hamisha o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvatlilikni keng targ‘ib etish, azaliy qadriyatlarimizni e’zozlash kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulug‘lab kelingan.

Ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug‘ insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilgan. bugungi kunda ham bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etish olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda pandemiya davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlash ko‘lamini yanada kengaytirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Natijada xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlari, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbusni amalga oshirishning huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi farmoyishi ko‘ra tasdiqlangan Nizomga asosan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari huzurida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari tashkil qilindi.  

Nizomda belgilanganidek, jamg‘arma mablag‘larining asosiy manbasi bo‘lib ixtiyoriy homiylik va xayriyalar, shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘larining orttirilgan bir qismi hisoblanadi.

O‘tgan 2020 yil davomida jamg‘armaning Navoiy viloyati va tuman (shahar) bo‘linmalari hisob-raqamlariga hududlardagi homiylar va mahalliy byudjetlar daromadining rejadan ortiq bajarilishidan jami 22 milliard 213 million so‘m pul mablag‘lari kelib tushgan.  

– “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan pandemiya davrida daromad manbaini yo‘qotgan, ehtiyojmand va kam ta’minlangan 14 ming 377 nafar oilaga 11 milliard 265 million so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Faxriddin Soliyev. – Jumladan, 9094 ta oilaga kundalik iste’mol tovarlari, 1635 oilaga dori vositalari, 2183 oilaga moddiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1465 oilaga boshqa turdagi yordamlar berildi. Bundan tashqari jamg‘arma hisobidan 2020 yilda Sirdaryo viloyatida yuz bergan toshqindan talafot ko‘rgan fuqarolarga 5 milliard 940 million so‘mlik homiylik yordami ajratildi.

Mehr-saxovatning katta-kichigi bo‘lmaydi, u doimo qalbi o‘ksik, mehrga muhtoj kishilar diliga olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. Yaxshilik ko‘rganlarning esa ularga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan, mehr-muruvvatdan ko‘ngillari shod bo‘ladi. Zero, e’zoz va e’tibor, bir kalima shirin so‘z hech qachon esdan chiqmaydi, bot-bot yodga olinaveradi.  

Joriy yilning 1-choragi davomida ham “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga mablag‘lar yo‘naltirildi. Jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1663 oilaga jami 10 milliard 65 million so‘mdan ziyodroq miqdorda turli yordamlar ko‘rsatildi.

– “Temir daftar”ga kiritilgan 75 oilaga sog‘lig‘ini tiklashi uchun moddiy yordam, 76 ta oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan ehtiyojmand oila farzandlarining kontrakt pullari to‘lab berildi, – deydi F. Soliyev. – Shuningdek, 45 nafar xotin-qizning uy-joylari ta’mirlab berildi, “ijtimoiy daftar”larda turuvchi kam ta’minlangan 552 oilaga tovuq, 90 ta oilaga kurka, 157 ta oilaga tikuv mashinasi, 320 oilaga asalari uyasi, 44 oilaga mayda shoxli qoramol olib berildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida 300 ta ehtiyojmand oilaga uy-joylarini ta’mirlash uchun qurilish mollari yetkazildi.

Xalqimizda “Ezgulikning qanoti bor”, degan naql bor. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan ezgu ishlar pandemiya davrida qanchadan-qancha ko‘ngli kemtik, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bor kishilar joniga oro kirdi. Odamlarning dardini eshitish, ularning og‘irini yengil qilish esa aholining davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

 

11.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar