2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Erkinjon Turdimov: “Boshqaruv ofislari qog‘ozda bor, amalda ularning faoliyati sezilmayapti”

O‘tgan hafta yakunida Samarqand viloyati hokimi aholi murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda xalqni eshitmaslik, murojaatlarga yuzaki yondashish, qanday qilib bo‘lsa-da shikoyatni yopishga harakat kuzatilayotganini tanqid qildi.

Sektor rahbarlari, mutasaddilarning e’tiborsizligi, odamlarni eshitmasligi sabab tuman, shahar doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar viloyat, respublikaga chiqmoqda.

Misol uchun, viloyat hokimning telegram messenjeriga yil boshidan buyon Samarqand shahridan 2249 ta, Pastdarg‘omdan 924 ta, Payariqdan 752 ta, Paxtachi tumanidan 734 ta murojaat tushgan. Murojaatlarning asosiy qismi kredit ajratish, elektr, suv ta’minotidagi muammolar, ishsizlik bilan bog‘liq.  

– Paxtachida o‘tkazgan sayyor qabulimizda 550 dan ortiq murojaat bo‘ldi, aksariyati oddiy, shu yerning o‘zida hal bo‘ladigan muammolar, – dedi E.Turdimov. – Ammo sektor rahbarlari, tumandagi tashkilotlar mutasaddilar bu masalalarni eshitmagan, eshitgan bo‘lsa-da hal etish choralarini ko‘rmagan. Vaholanki, ular ko‘proq mahallalarda, odamlar orasida bo‘lishi kerak. Lekin, nazarimda, bu ishlar xo‘jako‘rsinga o‘tkazilyapti. Bevosita aholi bilan ishlaydigan boshqaruv ofislari ham qog‘ozda bor, amalda ularning faoliyati sezilmayapti. Shu sababli aholi viloyat yoki respublika darajasida murojaat qilishga majbur bo‘lyapti.  

Paxtachi tumani elektr tarmoqlari mutasaddilarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda qonun talablarini buzgani, yillar davomida hal etilmagan masalalar borligi qayd etilib, mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi belgilandi.

Afsuski, bunday holatlar boshqa hududlarda, hokimlik va tashkilotlarda ham uchramoqda. Bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llanilgani haqida xalqqa ochiq ma’lumot berilsa, balki bu boshqalarga saboq bo‘larmidi?..

Murojaatlar bilan ishlashning o‘z tartib-qoidasi bor. Ammo murojaatlarga nisbatan ayrim rahbarlar tutayotgan yo‘l na qonun me’yorlariga, na insoniylik mezonlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur holatlarni ko‘rib, eshitib, tanasi boshqa dard bilmas degan gap yodga keladi-da. Shunda rahbarlarning qabuliga kelganlar yoki unga murojaat qilganlar bejiz “meni o‘rnimga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring, mening o‘rnimda bo‘lganingizda siz nima qilardingiz”, degan gaplarni aytishmas ekan, deysiz beixtiyor.

To‘g‘ri-da, rahbarlar mas’ul bo‘lgani, shu vazifada xalqning arz-dodini eshitishga burchli ekanligi uchun huzuriga kelgan, o‘zi yechim topmagan muammosini hal etishda yordam so‘ragan odamning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rarmikan. Necha kunlab, oylab, hatto yillar davomida ayrim eshiklar oldida sarg‘ayib turganlar bor. Mutasaddilar ularni shikoyatchilar, “noshukrlar” (garchi ular orasida ham bir-ikkita shundaylar bo‘lsa-da) deb ayblamasdan, o‘z majburiyatini bajarishga vijdonan yondashsa xalqning va Haqning ham roziligiga erisharmidi...

04.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar