2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Amirobod” obod manzilga aylanmoqda

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Amirobod va Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.

Keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari kabi o‘zgarishlardan aholi behad mamnun.

– Mahallamizda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi “Amirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shamsiddin Turdaliev. –“Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududimizga barcha havas bilan qaramoqda. Mahallani joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi. Asosiy maqsadimiz – aholi turmush darajasini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash. Shuningdek, odamlarda o‘z qishlog‘i, mahallasi taqdiriga mas’uliyat hissini kuchaytirish, xalqimizdagi bunyodkorlik, tadbirkorlik, hamjihatlik fazilatlarini qo‘llab-quvvatlashdir. 

Dastur doirasida mahalladagi 336 xonadonda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 3 kilometr ichimlik suvi, 1,2 kilometr uzunlikda elektr-energiyasi tarmog‘i tortildi, 8 transformator mukammal ta’mirlandi.

– Mahallamizda bunday ishlarni olib borilishini xayolimizga ham keltirmagan edik, – deydi Xursanali Sherg‘oziev. – O‘tgan yil kuz-qishda loy kechib maktabga qatnagan o‘quvchilar endi keng va ravon, asfalьtlangan ko‘chalardan yurib, o‘qishga borib kelmoqda. Kechalari ko‘chalarimiz charog‘on.

Darhaqiqat, shu kunga qadar yo‘lsozlarning mehnati bilan 6,5 kilometr uzunlikdagi yo‘llar zamonaviy ko‘rinish oldi. Asosiy yo‘l yoqasiga 75 ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi. 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, “Amirobod” qishloq oilaviy poliklinikasi, 41-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ijtimoiy dorixona, supermarket, hammom bunyod etilmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 100 dan ziyod aholini ish bilan ta’minlashga erishildi. Uyma-uy yurib, aholidan olingan taklif va so‘rovlar asosida hududdagi zax suvlari sathini pasaytirish uchun kollektorlarda tozalash ishlari olib borildi.

Kim bilan suhbatda bo‘lmang, bu erdagi bunyodkorlik ishlaridan ruhlanganini, ertangi kunga katta ishonch bilan qarayotganini guvohi bo‘lasiz. “Bir piyola choy ichib, mehmonimiz bo‘ling” deya sizga lutf qiladi. Bularning barchasi obodlik va farovonlik belgisi emasmi? 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

11.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar