2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
«Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi barcha hududlarda ishsiz ayollarga oiladan uzilmagan holda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib kelmoqda.  

2021 yilda uyushma hisobidan 50 ta qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi chorak yakuni bo‘yicha 14 ta o‘quv kursi tashkil etilib, ularda 150 nafar xotin-qiz usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rgandi. Bu orqali shuncha xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Jumladan, Toshkent shahrida uyushma hisobidan 4 ta qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Olmazor tumanidagi «Paxta» mahalla fuqarolar yig‘inida «Hunarmand» uyushmasi shahar boshqarmasi tomonidan «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan va hunarmandchilikka qiziqishi bor xotin-qizlarni hunarli qilib, bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv kursini tugatgan xotin-qizlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda uyushma vakillari, mahalla faollari va o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlar, hunarmandlar ishtirok etdi.

Paxta mahallasida hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan usta hunarmand Shoira Aripova rahbarligida hunarmandchilikning gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishida ikki oylik o‘quv kursi tashkil etilgan edi.  

Ushbu o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatib, hunar o‘rgangan 20 nafar xotin-qizga uyushmaning maxsus sertifikatlari topshirildi.  

24.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar