2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullar: Sirdaryoda qanday masalalar hal etildi?

Guliston, Yangiyer, Shirin shaharlari, Sirdaryo va Oqoltin tumanlarida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullarda viloyatning barcha hududi aholisi qamrab olindi.

Ochiq-oshkora muloqotlarda har bir masalaga qonuniy yechim topish uchun kuch va imkoniyatlar safarbar qilindi.

Oliy sud mas’ullari 211 ta masalani ko‘rib chiqib, ularning 103 tasiga joyida yechim topib berdi. Jumladan, qabullar jarayonida Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Sardoba, Oqoltin, Xovos, Boyovut tumanlari va Shirin shahar sudlari o‘tkazgan sayyor sud majlislarida jami 36 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi.

Shuningdek, yana 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilib, ular sud zalidan qamoqdan ozod qilindi, 23 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi.

Ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, voyaga yetmagan 23 nafar farzandi bor 16 ta oila yarashtirildi. 46 nafar murojaatchining arizalari asosida ularga aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarib berildi.

Bosh prokuratura mas’ullari 317 nafar murojaatchining masalalarini viloyat prokuraturasi bilan birga o‘rganib chiqdi. Har bir masala sinchiklab tekshirildi, natijada 170 ta masala joyida hal qilindi.

Muloqotlar davomida tadbirkorlar muammolarini hal qilishga alohida e’tibor qaratildi. Deylik, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan mirzaobodlik Maftuna Mamajonova nasldor echkilarni ko‘paytirishni maqsad qilgan-u, biroq niyati imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmay turgan ekan. Bosh prokuratura mutasaddilariga ayni shu masalada yordam so‘rab murojaat qilgan fermer ayolning bir necha oydan beri bankda sarg‘ayib yotgan hujjatlari nihoyat qayta ko‘rib chiqildi va unga 250 million so‘m kredit ajratilishi ta’minlandi.

Yana bir tadbirkor Ixmat Qorabekov esa Sardoba kichik sanoat zonasidan 10 sotix yerni ijaraga olib, g‘isht, beton va penablok sexlarini ishga tushirgan, biroq ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida uskunalar sotib olishga mablag‘ topolmay qiynalib yurgan ekan. Tadbirkorning ham ommaviy qabuldagi murojaatidan so‘ng uni o‘ylantirayotgan muammolarning tuguni yechildi: unga 200 mln so‘m kredit ajratildi.

Xuddi shunday muloqotlar asnosida jami 7 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar berildi. Sardoba tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 20 nafar yigit-qizlarga dehqonchilik qilishi uchun yer maydonlari ajratildi. Qabullardagi murojaatlaridan so‘ng 22 nafar fuqaro esa ishga joylashtirildi. Jumladan, sardobalik Akbarxon Aktamov, Kamola Sariboyeva, Dilbar Abdulazizova obodonlashtirish boshqarmasida, boyovutlik Sitora Habibullayeva mahalla tizimida, yangiyerlik Dilorom Karimova esa maktabgacha ta’lim tashkilotida ish boshladi.

Bahodir Xolov esa og‘zaki shartnoma asosida Sirdaryo tumani va Guliston shahridagi aholi xonadonlariga yangi-zamonaviy gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha mehnat qilganini va 11.5 million so‘mlik ish haqlarini ololmayotganidan arz qilib keldi. Murojaatidan so‘ng ularga ushbu summani undirib berishda yordam berilishi aytilishi bilan birga bundan so‘ng har bir mehnat munosabatlarini faqat va faqat qonuniy asosda yo‘lga qo‘yishi lozimligi, shunda uning huquqlarini himoya qilish huquqiy asosga ega bo‘lishi ham tushuntirildi.

Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ichki ishlar organlariga ishga kirish, surishtiruv va tergov, fuqarolik, pasport-viza, mol-mulk yoki buyumlarni qaytarib olish va boshqa masalalarga oid 108 ta murojaatni ko‘rib chiqdi. Ularning 49 tasi joyida hal qilindi. Xususan, Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya xizmati nazoratida bo‘lgan 16 nafar mahkumlarni mehnatga halol munosabatda bo‘lganliklari, ish va yashash joylarida ijobiy tavsiflanganliklari inobatga olinib, ularni muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida sudlarga taqdimnomalar kiritildi va ular jazodan ozod qilindi.

To‘rtta murojaatni o‘rganishlar asosida esa ularda aytilgan holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorlar bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazishga kirishildi.

Vazirlik mas’ullari bilan muloqotlardan so‘ng fuqaroligi bo‘lmagan 12 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shu masala bo‘yicha avval murojaat qilgan bir qator shaxslarga esa qabullar doirasida fuqarolik passportlpri- yangi ID-kartalari topshirildi.

Ommaviy qabullar davomida barcha soha mutasaddilarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 12 nafar fuqaroga shifoxonada bepul davolanishi uchun yo‘llanma, 29 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 9 nafar ayolga tikuv mashinalari berildi.

Umumlashtirib aytganda, Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda 704 nafar murojaatchining 709 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 347 tasi joyida hal etildi, 203 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 159 ta masala bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

21.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar