“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan mahallalarda obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini keng targ‘ib etish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Asalobod mahallasida bajarilayotgan amaliy ishlar bunga yaqqol misoldir.
Ayni paytda mahalla hududida asfalt yotqizish ishlari yakuniga yetkazilgan bo‘lsa, 4 ta bolalar maydonchasi ham qurib bitkazildi. Bundan tashqari, yoshlarni ommaviy sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish borasida futbol, basketbol va voleybolga ixtisoslashgan sport maydoni qurib, foydalanishga topshirildi.
– Prezidentimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri bu yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni ma’nan yetukligi bilan bir qatorda, jismoniy barkamolligini ham ta’minlash, — dedi mahalla raisi F.Hodiyev.
– Bugun foydalanishga topshirilgan bu kabi sport maydonchalari ayni shu ezgu maqsadlarga xizmat qilishi aniq. O‘tgan davr davomida mahalla hududida bunyodkorlik ishlari olib borildi. Xususan, mahalla hududi obodonlashtirilib, mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi. Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, shuningdek, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand xotin-qizlarning yigirma nafariga oziq-ovqat mahsulotlari hamda maishiy texnika vositalari berildi.
Hozir mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadonlarini ta’mirlash, aholi bandligini ta’minlash borasida ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Amalga oshirilgan ishlarga ayni paytgacha 460 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu yerda navbatdagi ishlar yana bosqichma-bosqich bajarilishi rejalashtirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |