Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabullar samarali natija bermoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mas’ul idora rahbari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar samarali natija berib kelmoqda.

Joriy yilning 7 aprel kuni  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillari ishtirokida sayyor qabul  bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, poytaxt aholisi tomonidan Majburiy ijro byurosi organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari o‘rganildi, muammolarga yechim topildi.  

Sayyor qabul davomida fuqaro M.Isamatovaning, lizing asosida olingan avtotransport vositasi hozirda qidiruvdaligi va unga egalik qilishi haqidagi, fuqaro A.Muslimovning qarzdor B.Imamovadan undiruvchi R.Imamov foydasiga jami 160 mln. so‘m miqdorida  qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek, E.Yo‘ldoshevning qizi S.Yuldoshevaning foydasiga qarzdor Sh.Usarovdan aliment undirish to‘g‘risidagi murojaatlar tegishli mas’ul xodimlar nazoraiga olinib, zudlikda yechim  topish uchun choralar belgilandi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolardan Ye.Matveyeva,  M.Xasanbayeva, N.Botiraliyevalar ham  sayyor qabulda o‘z murojaatlariga yechim topishdi.  

Jumladan, N.Botiraliyeva sayyor qabulga murojaat bilan emas balki, byuro rahbariyatiga o‘z tashakkurini bildirish uchun tashrif buyurganini bildirib, o‘z vaqtida aliment pullari undirib berilayotganini e’tirof etib o‘di.

Xulosa o‘rnida,  Byuro organlariga kelib tushayotgan har bir murojaatning o‘z vaqtida yechimini topishda fuqarolar soha faoliyatidan rozi bo‘lishi yo‘lida har bir murojaat e’tiborda va amalda ijobiy  yechim topilishiga harakat qilinmoqda. 

08.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar