2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Gurlanda ham “Hokim, vazir va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida “Hokim, vazir va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Gurlan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari To‘lqin Sattorov va boshqalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda 27 yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va joriy yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilinganligi bois mazkur sohalarda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Yoshlar daftari”ni yuritish bo‘yicha barcha mahallalarda yoshlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Hozirga qadar 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inida xatlov o‘tkazilib, 28 ming 700 nafar yoshning yashash tarzi va hayoti o‘rganib chiqildi. Natijada “Yoshlar daftari”ga 4873 nafar yigit-qiz kiritildi.

Mazkur uchrashuvda Gurlan, Shovot va Yangibozor tumanlaridan yoshlar  bandligini ta’minlash va ijtimoiy muammolarini yechish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib o‘tildi. Ko‘plab yoshlar o‘zlarini qiynayotgan  o‘ttizdan ortiq muammoli masalalar haqidagi savollarga javob oldi. Shundan, 8 ta masala kredit, 3 ta murojaat Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan yoshlarning kontrakt to‘lovlari, 11 ta murojaat ishga joylashish, 11 ta murojaat yer ajratish masalalarida edi.

Gurlan tumani Qatariq mahallasida yashovchi Sarvar Rajapboyev vaqtincha ishsizligi bois mahallada turgan qarovsiz  yerdan tadbirkorlik maqsadida foydalanish istagi borligi, Bog‘iston mahallasida yashovchi Jumabayev Xurshid Qo‘shnazarovich akfa romlarini ishlab chiqarish uchun imtiyozli kredit olish va yer masalasida murojaat qildi. Yangibozor tumani, Iftixor mahallasida yashovchi Yangibayev Farid chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun  kredit olish, Shovotlik Sevara Sadiqova ishga joylashish va uy-joy olishda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi.

Murojaatlar tegishli mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

04.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar