2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tanzila Norboyeva Yangiyo‘l va Quyi Chirchiqdagi ayollar muammolarini o‘rgandi

Toshkent viloyatidagi xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi ishchi guruh Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida ham bo‘ldi.

Mazkur hududlarda xotin-qizlar turmush sharoitini yaxshilash, ona va bola salomatligini mustahkamlash, tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar juda ko‘p.  

  Yangiyo‘l tumanida qizil hududga kiritilgan  “Jambul”, “Paxta”, “Epkendi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ayrim muammolar bor.

Tanzila Narbayeva tumandagi “Yuksalish” MFYda  “Ayollar daftar”ga kiritilganlarni ish bilan ta’minlash borasidagi vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida “Anora G‘ilof Baraka” tikuvchilik korxonasiga bordi.

Bu yerda mehnat qilayotgan 15 nafar xotin-qiz bilan suhbatlasharkan, davlatimiz rahbarining har bir qishloq ayoli taqdiri bilan shaxsan qiziqishini, ularning oila va jamiyatdagi beqiyos o‘rnini qadrlashini aytib o‘tdi.

Nov qishlog‘ida yashovchi Behzod Madraimov xonadonida hunarmandchilik bilan shug‘ullanib,   qishloq ayollarini ish bilan ta’minlagan. Ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuvda usta tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, qishloq yoshlariga bu hunarni o‘rgatish ilinjida ekanligini aytdi. Buning uchun yon atrofdan yer maydoni ajratilishini so‘radi. Uning taklifi Ishchi guruh tomonidan ma’qullandi.

 Epkendi qishlog‘idagi 500 ga yaqin xonadonlarda 2 ming 265 nafar aholi yashaydi. Ularning muammosi elektr toki uzilishi, ichki yo‘llar ta’mirtalab holatda ekani, mahalla idorasining binosi yo‘qligi.

 Hududdagi 41-sonli umumta’lim maktabi binosi ta’mirtalab holatda. Uning moddiy-texnik bazasini qayta tiklash lozim. Shuningdek, 49-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishi uchun sport zali yo‘q, qo‘shimcha sinf xonalariga ehtiyoj bor.

Quyi Chirchiq tumanidagi  “Alkim Tekstil” MCHJ korxonasida 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ishlamoqda. T.Norboyeva bu yerda bejirim kiyim-bosh tikayotgan xotin-qizlarning ish va yashash sharoiti bilan qiziqdi. Ular tayyorlayotgan mahsulotlar xorijda yaxshi xaridorgirligidan xursand bo‘ldi.

 Jamg‘irchi qishlog‘idagi muloqotlarda “Ayollar daftari”da kiritilganlarning ijtimoiy himoyasi, oilalardagi turmush qiyinchiliklarini yengishda ayollarning matonatli bo‘lishiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 Suhbat jarayonida imkoniyati cheklangan, 18 yildan buyon ijarada yashayotgan O‘lmasoy Toshxo‘jayevaga tikuv mashinasi olib beriladigan bo‘ldi. Xolqiz Nosirovani esa 8 yildan buyon jigar serrozi qiynaydi. Davolanish uchun imkoniyati cheklangan. Uning ham muammosi yechim topdi. Ikkinchi guruh nogironi, eshitish va gapirish qobiliyatini yuqotgan Nargiza Halimova, kamqonlik dardiga chalingan Yaxshigul Toshboyevalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

 Senat Raisi Xalq deputatlari Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tuman kengashlari deputalari bilan ish kuni yakunlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Unda aholi va xotin-qizlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar yechimini topish, ayollarga har tomonlama ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

05.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar