2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Og‘itma”dagi muammolar Xalq qabulxonasi nazoratida

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Ko‘kcha mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Og‘itma” ovuli tuman markazidan 180 kilometr uzoqlikda joylashgan og‘ir hududlardan biri hisoblanadi.

Ovulda 51 ta xonadon bo‘lib, 195 nafar qozoq millatiga mansub aholi yashaydi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan tumanda Xalq qabulxonasi tashkil qilinganidan so‘ng mazkur hududda yiliga kamida 2-3 marotaba sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, ovul aholisiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilib, yarmarkalar tashkil etilmoqda. Ushbu olis va og‘ir hududda nafaqat tuman, balki viloyat va Respublika darajasidagi rahbarlarning ham ishtiroki to‘liq ta’minlanib kelinmoqda. Faoliyat davomida hududda o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan muammolar imkon qadar joyida bartaraf etib kelinmoqda.  

O‘rganishlar jarayonida aniqlangan va “yo‘l xaritasi”ga kiritilgan muammolardan biri, bu hududda aloqa sifati pastligi va internet tarmog‘i yo‘qligi sababli antenna qurish masalasi edi. bugungi kunda mazkur muammo ijobiy hal etildi. «Oʻzbektelekom» AK tomonidan hududda aloqa va internet tizimini yaxshilash maqsadida antenna qurib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, tuman markazidan bir necha kilometr uzoqlikdagi hududlarda yashovchi yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishga imtiyoz qo‘llashda amaliy yordam so‘rab qilingan murojaat ham "yo‘l xaritasi"ga kiritilgan edi. Ushbu imtiyoz hisobiga Og‘itma ovulida yashovchi Nazerke Madjitova Buxoro tibbiyot institutining talabasi bo‘ldi.  

Ovulda bir necha yillardan buyon o‘z yechimini topmayotgan, Ovul atrofida bir necha yillar davomida to‘planib qolgan 300 tonna axlat va maishiy chiqindilar maxsus texnikalar jalb qilinib, bartaraf qilindi.  

02.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar