2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sud-huquq sohasidagi ommaviy qabullarda qanday masalalar hal etilmoqda?

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Zarafshon shahri, Qiziltepa, Navbahor, Karmana tumanlarida tashkil etilgan ommaviy qabullarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan ming nafardan ziyod murojaatchining ariza va shikoyatlari Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi mas’ullari tomonidan hududiy idora va tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Uch kun davom etgan ommaviy qabullarda murojaatlarning 942 tasi sud-huquq masalalari, 78 tasi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga taalluqli bo‘lib, ularning 329 tasi joyida ijobiy hal etildi, 320 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 371 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab etilgani sababli nazoratga olindi.

Vazirlik va idoralar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Oliy sud mas’ullari 494 nafar fuqaroning jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy ishlarga doir yozma va og‘zaki murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Shulardan 65 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida mazmunan ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atlariga hal etish uchun o‘tkazildi, 58 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 16 nafar mahkumning jazosi engilrog‘i bilan almashtirildi, 46 nafar mahkum umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi, 2 nafar fuqaroga oid jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi.

Aniq misollarga e’tibor qaratamiz. Qiziltepalik Negboy Uzoqov nafaqada. U kishining uzoq yillar mobaynida ishlagan  davri pensiya tayinlash jarayonida inobatga olinmagan. U mutasaddilardan shu masalada yordam so‘radi. Murojaat ko‘rib chiqilib, vajlar asosli ekani tufayli 4 yillik staj umumiy stajga qo‘shilib, pensiya miqdori qayta hisoblanadigan  bo‘ldi.

Navoiy shahrida yashovchi Fazliddin Jabborov ham pensiya tayinlashda asossiz ravishda hisobga olinmagan 7 yillik mehnat stajini hisobga olishni so‘rab murojaat qildi. Sud tartibidagi o‘rganishlardan keyin uning iltimosi ham qanoatlantirildi.

Navbahor tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan Muhayyo Berdieva tuman xalq ta’limi  bo‘limi tomonidan ishdan qonunga zid bo‘shatilgani bois ishiga qayta tiklab berish masalasida sudga murojaat qildi. Ommaviy qabulda uning ishi ko‘rib chiqilib, haqiqatan uni ishdan bo‘shatishda qonun buzilishi bo‘lgani tufayli o‘z lavozimiga qayta tiklanishi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Ommaviy qabullar jarayonida Bosh prokuratura mas’ullariga tergov va surishtiruv, sud qarorlari, sud qarorlarining ijrosi, mahalliy hokimiyat va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, uy-joy, moddiy yordam, qurilish, kommunal sohalar yuzasidan 271 ta murojaat kelib tushdi.

Navbahorlik Ibrohim Ne’matov 23 yoshda. U tadbirkorlikka qiziqadi. Ammo bankdan kredit olishda muammolarga duch kelgan. Muloqotlar natijasida uni qiynab kelayotgan masala hal bo‘ldi va endi u o‘z tadbirkorligini boshlashi mumkin.

Karmana tumani “Navro‘z” MFYda yashovchi Doston Ramazonov esa poliz ekinlari ekish uchun er ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat ijobiy hal etilib, Karmana tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biridan 25 sotix er maydoni ajratilib, fermer xo‘jaligi bilan tegishli shartnoma imzolandi.

Fuqaro Lola Qurbonovaning murojaati asosida “Qalqon ota” mahallasi ichki ko‘chalarini ta’mirlash ishlariga kirishildi.

Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari jonli muloqotlar asnosida ichki ishlar organlariga ishga kirish va ishga tiklash, surishtiruv va tergov, mol-mulk va boshqa buyumlarni olib qo‘yish yoki qaytarmaslik, fuqarolik va pasport-viza, jazoni ijro etish bilan bog‘liq 91 tani murojaatni o‘rgandi.

Murojaatlar asosida ichki ishlar organlari probatsiya xizmati nazoratida turgan bir guruh shaxslar belgilangan talablarga javob bergani munosabati bilan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi. 2 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shular qatorida qabullar jarayonida 52 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 18 nafar kishiga 238 000 000 so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi, muhtoj kishilarga davolanish uchun yo‘llanmalar hamda moddiy yordam berildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga o‘z ishini yo‘lga qo‘yishi uchun tikuv mashinalari taqdim etildi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ehtiyoji bor kishilarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi kabi vositalar berildi.

Ommaviy qabullar yakuni bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga nazoratga olingan har bir murojaatni o‘z vaqtida qonun doirasida ko‘rib chiqish va hal etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilib, Xalq qabulxonalari tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Ma’lumot uchun aytish joizki, sud-huquq sohasi bo‘yicha navbatdagi ommaviy qabullar joriy yil 30 martidan 3 apreligacha Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkaziladi.

28.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar