
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘ijduvon tuman Xalq qabulxonasiga Amirobod MFY Quyi Saydon qishlog‘ida yashovchi Gavhar Rahmatova tomonidan murojaat kelib tushadi.
Qabulxona mutaxassislari tomonidan mazkur murojaat atroflicha o‘rganiladi. Aniqlanishicha, «Temir daftar»ga kiritilgan fuqaro Gavhar Rahmatova turmush o‘rtog‘idan ajrashgan. 435 ming so‘m nafaqada yashaydigan Gavhar opa kasalmand. Qizi tibbiyot kollejini bitirib, Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakultetiga to‘lov shartnoma asosida o‘qishga kiradi. Gavhar Rahmatovaning opa-ukalari yordamida birinchi to‘lov to‘lanadi. Qolgan qismini to‘lash uchun Prezidentining G‘ijduvon tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi.
Murojaat G‘ijduvon tuman Xalq qabulxonasi tomonidan ijobiy hal etildi. Tuman «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan 4 million so‘m to‘lov shartnoma to‘lab beriladi.
– Hududimizda 5 ming 255 nafar aholi mavjud, – deydi Amirobod MFY raisi Hikmatullo Baqoyev. – 1 ming 115 xonadon, 1 ming 175 oila istiqomat qiladi. Shulardan 5 nafari «Temir», 59 nafari «Ayollar», 35 nafari «Yoshlar» daftarlariga kiritilgan. Tegishli daftarlarga kiritilganlarning 40 foizini chiqarilishiga erishilmoqda. Daftarlarga kiritilganlarga imtiyozli kreditlar olib berilmoqda. Kreditlar natijasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Mahalladoshimiz Gavhar Rahmatovaga 1 sotixli subsidiya asosida issiqxona qurib berildi. Ayni kunda issiqxonada pomidor ko‘chatlari o‘tqazildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |