Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz aholisining 18,9 million nafarini yoki 54 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkaklar, 9,4 millioni esa ayollardan iborat.
Davlatimizning yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2020 yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi.
Yoshlar va ularning oilalari uchun davlat tomonidan turli shakldagi moddiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari muntazam amalga oshirilmoqda.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra, yoshlar - o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslardir.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi «Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori tizimli islohotlarning uzviy davomi bo‘ldi.
Qaror bilan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdori (245 ming so‘m)ning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismi qoplanadi.
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga ko‘maklashiladi.
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan «Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga yordam beriladi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Vasiylik kengashi raisi har chorakda jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
Eng muhimi, jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |