2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Sirdaryoga nega keldi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Galina Karimovna Saidova Sirdaryo viloyatida bo‘lib, bu yerdagi yirik investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakat investitsiya siyosati – xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, chet ellik investorlarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari qatorida yetakchi hisoblanadi. Bu borada bugungi kunda islohotlar amalga oshirilishi davomiy bo‘lib kelmoqda.

Davlatimiz tomonidan soha rivojiga oid qabul qilinayotgan qator normativ xujjatlarning qonuniy ijrosi hamda joylarda investorlarni qiynab kelayotgan muammoli masalalarni o‘rganish va hal etish, hududlarning investitsion jozibadorligini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Galina Saidova Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Yangiyer shahrida yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Elegant Fiber Textil” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tekstil va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

U yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, zamonaviy dizayni, hamda xaridorgirligi va albatta eksportbopligiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Yangiyerda 2020-2021 yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari orasidan “Reach Raw” MCHJning kafel siri ishlab chiqarish loyihasi hamda “KAA SOCKS” MCHJning trikotaj paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini hududga chiqib o‘rgandi.

Mazkur sanoat korxonalari faoliyati shaharning eksport salohiyatiga ulkan hissa qo‘shish bilan birga, aholi bandligini ta’minlash borasida, ayniqsa ishsiz yoshlar va ayollar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Viloyatga tashrifi davomida Galina Saidova Shirin shahridagi yirik investitsiya loyihalari – “Wang Da Rolling Steel” MCHJ, “Sirdaryo IES” aksiyadorlik jamiyati, “Farhod GES” unitar korxonasi hamda “Acwa Power Sirdarya” kompaniyalarida investitsiya loyihalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ayni vaqtda, “Wang Da Rolling Steel” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasiga qarashli metall quyuv zavodida loyihani to‘liq ishga tushirish uchun 95 foiz ishlar to‘liq yakunlangan va tez orada loyiha to‘laligicha o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

“Sirdaryo IES” AJ hamda “Farhod GES” UKda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari 80-90 foizga yakunlangan. Ushbu modernizatsiya jarayonlari to‘liq yakunlanishi natijasida elektr stansiyalarning ishlab chiqarish samaradorligi oshishiga erishilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Boyovut tumani va Shirin shahri hududida Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasidagi loyihalar bilan ham yaqindan tanishdi.

Qurilish ishlariga rasman start berilgan ushbu yirik loyiha bo‘yicha ayni vaqtda, qurilish ishlari, ishchilar uchun yashash sharoitlari va ofis tashkil qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Yakunda ushbu yirik loyihalarning samaradorligini oshirirish va ishga tushishi kutilayotgan loyihalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha qilinadigan vazifalar muhokama qilindi.

Ushbu tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova har bir loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli tavsiya va maslahatlarini berdi.

14.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar