2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoroda murojaatlarga e’tiborsizlik bilan yondashgan mas’ullarning 22 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan doimiy ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritilyapti.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlamagan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritilmoqda.

2020 yilda Buxoro viloyati, tuman va shahar Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati tizimli o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan 644 ta ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan choralar ko‘rish to‘g‘risida 49 ta taklif kiritildi.

– Kiritilgan taqdimnoma va takliflarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining 234 nafari ogohlantirildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Ma’mur Rahmonqulov. – 179 nafariga nisbatan ogohlantirish va 26 nafariga nisbatan oylik ish haqining 30 foizigacha jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. 22 nafari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, 2 nafariga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi.

09.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar