2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir kunda nechta fuqaroga davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda?

Ilgari tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqaro oylab, yillab sarson boʻlgani sir emas. Bunga tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish uchun juda koʻp hujjat talab qilingani, turli idoralarga qatnash, soatlab navbat kutishga toʻgʻri kelishi asosiy sabab edi. Oqibatda boshlagan ishini oxiriga yetkazmay tashlab ketganlar ham koʻp boʻlardi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida koʻrilayotgan tizimli chora-tadbirlar bu boradagi muammolarga butunlay barham bermoqda. Prezidentimiztomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!” degan tamoyil inson manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida alohida ustuvorlik kasb etmoqda. 

Prezidentimizning 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, uning shahar va tuman markazlari tashkil etilgani demokratik islohotlar yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam boʻldi. 

Avvallari “Yagona darcha” markazlari faqat tadbirkorlarga xizmat koʻrsatgan boʻlsa, 2018 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatlari markazlari aholiga ham xizmat taqdim etishi belgilab qoʻyildi. Endilikda Xalq qabulxonalari bilan bir joyda faoliyat olib boradigan davlat xizmatlari markazlarida jismoniy va yuridik shaxslarga tez, qulay, shaffof davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. 

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, davlat xizmatlari koʻrsatish markazlarining moddiy-texnik bazasini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari tizim faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda muhim omil boʻldi. Masalan, Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga “Karbonam” MCHJ tasarrufidagi foydalanilmay turgan toʻrt qavatli bino berildi. Bu yerda loyiha qiymati 15 milliard soʻmdan ziyod rekonstruksiya va jihozlash ishlari bajarildi. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 5 milliard soʻmdan ortiq eng soʻnggi rusumdagi orgtexnika jihozlari bilan taʼminlandi. 

Markazda murojaatchilarning navbat kutib qolishi va boshqa muammolarning oldini olish maqsadida eng zamonaviy elektron navbat tizimi joriy etilgan boʻlib, kuniga 800-1000 nafar fuqaro va tadbirkorga 80 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. 

Bu yerda Xalq qabulxonasi, notarius, FHDYO, pasport boʻlimlari, sugʻurta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez tibbiy yordam xizmatlari, bank shoxobchasi joylashgan. Mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida birinchi qavatda bolalar maydonchasi hamda kafe faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

Davlat xizmatlari markazining asosiy vazifalaridan biri etib olis qishloqlarda, markazdan uzoqda joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, aholiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish va sayyor qabullar tashkil etish belgilangan. Bu borada ham tegishli ishlar qilinmoqda. Xususan, Namangan viloyati hokimligi tomonidan 12 tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari “Damas” avtomashinasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bitta “Isuzu” avtobusi bilan taʼminlandi. Avtobus eng zamonaviy kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, shuningdek, koʻchma sayyor bank kassasi va panelli quyosh batareyalari bilan jihozlangan. 

Joriy yilning oʻtgan davrida barcha mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, litsey, kollej va oliy taʼlim muassasalarida davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatib kelinayotgan davlat xizmatlari, uning afzalliklari, aholi uchun yaratilayotgan zarur sharoitlar xususida targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Aholi gavjum joylar, bozor va savdo komplekslarida, markaziy chorrahalarda 50 dan ortiq ijtimoiy banner va plakatlar oʻrnatildi. 

Viloyat davlat xizmatlari boshqarmasi masʼul xodimlari, notarial idora va FHDYO organlari bilan birgalikda 100 dan ortiq joyda sayyor qabul tashkil etildi. Unda 2 mingdan ortiq fuqaro qabul qilinib, huquqiy tushuntirish berildi. 300 dan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarga joyida amaliy yordam koʻrsatildi. 500 dan ortiq keksalar, ijtimoiy koʻmakka muhtoj va nogironligi boʻlgan shaxslarga fuqarolik pasportini almashtirish boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. 

Joriy yilning 1 iyunidan sinov tariqasida qoʻshimcha tarzda 31 yoʻnalishda davlat xizmatlari koʻrsatish joriy qilindi. Tugʻilganlik va oʻlimni qayd etish, FHDYO va notarial muassasalar tomonidan arxiv hujjatlari berish, Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish, sudlanmaganlik haqidamaʼlumotlar, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish, ishsizlik nafaqasini tayinlash, jismoniy shaxslarga STIR raqamini berish kabilar shular jumlasidandir. 

Joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida markaz tomonidan 5 mingdan ziyod tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 50 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga davlat xizmatlari koʻrsatilishiga erishildi. Bu davlat xizmatlari koʻrsatish oʻtgan yilga nisbatan 5 barobar oshganini tasdiqlaydi. 
 

Akromjon Akromov,

Namangan shahar davlat xizmatlari

markazi direktori.

OʻzA

06.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar