Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “Baxt” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi.

Mazkur fermer xo‘jaligi chorvachilik, parrandachilik, tuyachilik, yilqichilik, quyonchilikka ixtisoslashgan. 4 gektarda intensiv bog‘, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan. 

Davlatimiz rahbari fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Shu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, achchiq qalampir, kovrak plantatsiyalari tashkil etish, chorvachilik, kurkachilik majmualari, pistazor va yong‘oqzorlar barpo etish, o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda ko‘chat yetishtirish, sutni qayta ishlash, asalarichilik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Prezidentimiz limonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. 

Limonchilik nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki mamlakatimiz uchun eng serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantirish iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur istiqbolli yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasini tashkil etish lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Qashqadaryo viloyatida teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal klasterini barpo etish, aholini tuxum va parranda go‘shti bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi. 

Prezidentimiz barcha loyihalarni takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

29.01.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar