2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezidentning Farg‘ona va Namanganga tashrifi qoraqalpog‘istonliklarni ham hushyor torttirdi

Nukusda davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 noyabrdagi “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqadigan vazifalar, sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush darajasini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, cyektor va soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv seminarida davlatimiz rahbarining qarori Orolbo‘yining iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda shahar va tumanlar, mahallalarning qiyofasini tubdan o‘zgartirish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, ularga munosib turmush sharoitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ushbu qaror bilan sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush darajasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha 20 ga yaqin yo‘nalishda chora-tadbirlar rejasi belgilangan. Uni amalga oshirish uchun jami 3 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, mazkur mahallalarda 437 ob’ektda ish olib borish rejalashtirilgan.

Jumladan, 12 ta tuman markazida «Mahalla markazlari» majmualarini qurish va rekonstruksiya qilish, 157 ta mahalla va ovul ma’muriy komplekslarini qurish, sharoiti og‘ir mahalla va ovullarda uy-joylar qurilishi, yo‘l, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish belgilangan. Ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida ushbu hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olingan.

bugungi kunda ayrim mahalla va ovullarda yo‘llarga shag‘al yotqizish, ko‘priklarni ta’mirlash, gaz, elektr, issiqlik ta’minotini yaxshilash, transformatorlarni ta’mirlash va yangidan o‘rnatish, simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish, elektr, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” joriy etilib, sharoiti og‘ir mahalla va ovullarda istiqomat qiladigan aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadini oshirish orqali oilalarini kambag‘allikdan qutqarish borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Tadbirda Prezidentimizning Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi davomida ayrim mahallalarga borib, u yerdagi mavjud muammolarga e’tibor qaratgani, ayrim mutasaddi rahbarlarning beparvoligi haqida so‘z yuritilib, bu kabi kamchiliklar hududdagi ayrim mahallalarda ham mavjud ekanligi qayd etildi va uni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanayotgan yangi tizimni amaliyotga tatbiq etish, ya’ni har bir olib borayotgan ishlar, islohotlarni “mahallabay” tashkil etilishini ta’minlash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, bu jarayonda qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir hududlarga biriktirilgan Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlarining ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi B.Alixanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari A.Davletov ishtirok etdi.

26.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar