2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolbo‘yi aholisining murojaatlari asosan qanday muammolar yuzasidan?

Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonalariga 2020-yilda 14 856 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 10 822 tasi yoki 68 foiziga yechim topilgan, 70 ta murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida. Mablag‘ va muddat talab qiluvchi murojaatlar «Yo‘l xarita»larga kiritilib, ularning hal qilinishi nazoratga olingan.

Sohalar kesimida tahlil qilinsa, eng ko‘p 3907 ta murojaat mehnat va aӽoli bandligi sohasiga oiddir. Kommunal sohasi bo‘yicha 2262 ta, 980 ta uy joy xo‘jalik masalasi bo‘yicha,  bandlik kredit yo‘nalishida 725  ta,  ijtimoiy ta’minot bilan bog‘liq 414 ta murojaat kelib tushgan.

2020 yilda Orolbo‘yida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda qariyb 13,7 ming murojaatning 9,1 mingdan ortig‘i hal qilingan. Uyma-uy yurish orqali aniqlangan muammolar ham hal etilib, muddat va mablag‘ talab qiladiganlarining ijrosi nazoratga olingan.

Fikrimizni aniq misollar bilan davom ettiramiz.

Chimboy tumani «Tozajol» qishlog‘idagi 13-sonli maktab filialining 1980 yil qurilgan eski-yu pastqam binosida dars o‘tish uchun ham, ta’lim olish uchun ham mutlaqo sharoit yo‘q edi. Mahalliy aholi murojaatlaridan so‘ng bu masala avval tumani 1-sektorining «yo‘l xaritasi»ga, so‘ng mahalliy dasturga kiritildi. Ayni paytda bu yerda maktab filialining yangi binosi qad rostlamoqda.

Xuddi shu mavzuda Chimboydan yana bir misol: tumandagi «Baxtli» ovul fuqarolar yig‘ini hududida «Arshan» qishlog‘i bor. Qishloqdagi 27-sonli maktab filiali binosi eski, avariya holatiga kelib qolgan edi. Aholining bu boradagi murojaati ham Xalq qabulxonasi va sektorlar hamkorligida hal qilindi. Dastur doirasida maktab filialining yangi binosi qurilib, jihozlandi.

Insonlarning yangi biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda ham Xalq qabulxonalari tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisiga aylangan. Deylik, Qorao‘zak tumani «Allayar Dosnazarov» mahallasida yashovchi Nasiba Turdimurodova go‘zallik saloni va tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy yordam so‘rab, Xalq qabulxonasiga murojaat qildi. Uning murojaati 2-sektor bilan birga ko‘rib chiqilib, ishbilarmon ayolga hududdagi bo‘sh turgan imorat nol balansda foydalanishga berildi

Qorao‘zak tumanidagi «Irg‘aqli», «Sayman», «Postam» va «Dao‘itko‘l» qishloqlari aholisi tuman markazi va Nukus shahriga borish uchun "Yesim" kanali ustidan o‘tgan ko‘prikdan foydalanar edi. Ko‘prikesa yarim asr oldin barpo etilgan, avariya holatiga kelib qolgan edi. Aholi murojaatlari asosida Xalq qabulxonasi tuman 1-sektori rahbari bilan bu muammoni o‘rgangach, masalani hal qilish sektorning «yo‘l xaritasi»ga kiritildi. Qisqa vaqtda kerakli mablag‘ izlab topilib, ko‘prikni ta’mirlashga kirishildi.

Xo‘jayli tumanidagi «Samanko‘l» mahallasi aholisini ichimlik suvi muammosi anchadan beri qiynab kelardi. Murojaatlardan so‘ng bu borada ham loyiha ishlab chiqildi. «Qoraqalpoqsuvta’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 km. ichimlik suv tarmog‘i tortilib, «Samanko‘l» mahallasidagi  110  ta xonadon obi hayot bilan ta’minlandi.

Xo‘jaylilik tadbirkor Timur Qurbaniyazov ancha yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanadi. Tadbirkor o‘z faoliyatini yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha yer olishda qator qiyinchiliklarga duch keldi. So‘ng Xo‘jayli tumanidagi Xalq qabulxonasiga shu masalada murojaat qilgach, tuman hokimligi unga «Janqo‘ng‘irot» mahallasidagi qarovsiz yotgan 2 gektardan ziyod yer ajratdi. Tadbirkor bu yerda issiqxona tashkil etadigan bo‘ldi.

Qonlikul tumanidagi Xalq qabulxonasi va 2-sektor rahbarining «Janaqal’a» mahallasidagi uyma-uy o‘rganishlari davomida shu qishloqdagi Habibulla Xolmurodov oilasi avariya holatidagi kulbada yashayotgani aniqlangan edi. Oila boshlig‘ining o‘zi ham, turmush o‘rtog‘i ham 2-guruh nogironi, ro‘zg‘orini amallab tebratib turgan oila uyini ta’mirlashga imkon qilolmasligi tabiiy edi. O‘rganishlardan so‘ng mas’ullar ijtimoiy himoyaga muhtoj bu oilaga ichki imkoniyatlar hisobidan  5 xonali yangi uy qurib berishdi.

Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Prezident Xalq qabulxonalari murojaatlarning qonuniy, xolis va adolatli ko‘rib chiqilishini ta’minlayotgani, har bir masalaga yechim topish qat’iy nazorat qilib borilayotgani real hayotda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. 

23.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar