Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan yigirma uchinchi sessiyasida kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar qayd etildi. Xususan, Kengash raisi E.Turdimov viloyat Kengashining har bir deputatiga 50 million so‘mdan mablag‘ ajratishni taklif qildi.
Deputatlar o‘z okrugidagi kamida 10 ta kambag‘al oila ro‘yxatini shakllantiradi va bu xonadonlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, imtiyozli kredit ajratilishini nazoratga oladi. Ushbu mablag‘ hisobidan ularga yordam beradi.
Shuningdek, deputatlar kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar natijadorligini monitoring qilib, yo‘nalishlar kesimida o‘z takliflarini berishi taklif qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендлар | Ishonch telefoni | 7 Sentabr 2019 | 16 Sentabr 2019 | Qashqadaryo viloyati |
Уй-жой билан таъминлаш | Xalq qabulxonasi | 10 Avgust 2019 | 17 Sentabr 2019 | Toshkent viloyati |