Farg‘ona viloyatining So‘x tumani qishloqlari ham keyingi yillarda tobora chiroy ochib, hududda yangi ta’lim dargohlari, tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilmoqda.
Qirg‘iziston hududi bilan to‘laligicha o‘ralgan tumanning “G‘aznov”, “Sohibkor”, “Devayron”, “Sarikanda”, “Hushyor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Xususan, yaqinda tumanning “Lenbur” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi foydalanishga topshirildi. “Sohibkor” mahallasida yangi qurib bitkazilgan yoshlar mehnat guzarida esa o‘quv markazi, tikuvchilik kurslari, fitnes-klubda yoshlar va bolalar sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratildi. “Qayroq” massivida suvsiz yerlarni o‘zlashtirish uchun nasos stansiyasi barpo etilmoqda. Hududda shuningdek, 250 dan ziyod do‘kon joylashgan yangi savdo kompleksi qurilmoqda. Tuman mahallalaridagi fayzli ko‘chalar, ravon yo‘llar, muhtasham uy-joylar zamonaviy me’moriy uslubda qurilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholining turmush darajasi oshib borayotganidan dalolatdir.
Shu kunlarda Prezidentimiz tomonidan So‘x tuman ahliga yordam tariqasida yo‘llagan 10 ta katta hajmli og‘ir yuk mashinalardan iborat “Saxovat va ko‘mak” karvoni ham yetib keldi. Keltirilgan turli oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga tarqatilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |