Ma’lumki, hududlarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlari sabab yurtimiz qishloqlari yanada chiroy ochib, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanib bormoqda.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev va Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbariyati vakillari Chiroqchi tumanidagi «Sho‘rbozor» mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, bugungi kunda viloyatdagi 77 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir, olis, ko‘p millatli chegara hudud sifatida belgilanib, ayni paytda «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan Chiroqchi tumanidagi «Sho‘rbozor» mahallasida aholi muammolarini bartaraf etish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tashrif davomida mahallaning 17.7 kilometrdan iborat ichki tuproq yo‘llarining 14 kilometr qismiga shag‘al yotqizilib, ta’mirlandi. Hududdagi mavjud 21 transformatordan 8 tasi kapital ta’mirlanib, 1.5 kilometr uzunlikda elektr simlari tortildi va 85 ta eskirgan elektr simyog‘ochlari yangi beton ustunlariga almashtirildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari S.Turdiyev mahalla faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar bilan suhbat o‘tkazdi. Uchrashuvda notinch oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etish, jinoyatchilik va ajrashishlarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalarni yarashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yoshi ulug‘ insonlarning roli va o‘rnini mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yig‘ini markazi, Nuroniylar maskani, sport maydonchasi va boshqa bir qator ijtimoiy ob’ektlarni qurish hamda hududdagi 2.5 kilometr uzunlikdagi yo‘lga asfalt yotqizish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Qolaversa, mahalladagi «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 14 nafar xotin-qiz va 261 nafar yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, qayta kasbga o‘qitish bo‘yicha zarur vazifalar belgilanib, ular ijrosi nazoratga olindi.
Vazir o‘rinbosari S.Turdiyev shundan so‘ng Qashqadaryo viloyati mahallalarida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha viloyatning tuman va shaharlariga biriktirilgan vazirlik mas’ul xodimlari hamda tuman (shahar) rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida mas’ullarning bu borada amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlari eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari S.Turdiyev «Sho‘rbozor» mahallasidagi «Keksalar maslahati» guruhi a’zosi, tabarruk 83 yoshni qarshilagan Chorshanbi ota Jumayev xonadonida bo‘ldi. Yo‘qlov va e’tibordan xursand bo‘lgan otaxon bugungi kunda davlatimiz rahbarining keksa avlod vakillariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligidan mamnun ekanini bildirdi. Suhbat so‘nggida otaxonga sovg‘a-salomlar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |