2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish “mahallabay” tizimida amalga oshirilmoqda

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ham Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib aholi bilan ishlashning mahallabay tizimi joriy etildi.

Unga ko‘ra, hokimlik, viloyatdagi mutasaddi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari har bir mahalla kesimida “Ishchi guruhlari”ga biriktirildi.

Kuni kecha tumandagi “Dashtobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida turli mutasaddi tashkilotlar vakillari uyma-uy yurib fuqarolar bilan suhbatlashdi. Shu bilan birga, ularning yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzini o‘zgartirish bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, muammolar joyida bartaraf etilmoqda.

Ana shunday xayrli ishlarga sherik va yelkadosh bo‘lish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari ham xalq xizmatiga “labbay” deb Dashtobodga maxsus mobil xizmat avtobusi bilan yetib keldi.

— Viloyatda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha aholi bilan ishlashning mahallabay tizimini tashkil etdik, — deydi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Davronbek Ravshanbekov. — Ushbu tizimning afzalliklari shundaki, endi har bir mahallaga xodimlarimiz bilan borib, u yerda tadbirkorlik muhiti bilan tanishish va aholi bandligini oshirish maqsadida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazayapmiz. Shuningdek, “Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish”, “Jismoniy shaxslarga STIR olish”, “Kadastr pasportini shakllantirish” va “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” kabi davlat xizmatlarini sayyor tartibda, uylariga borgan holda ko‘rsatayapmiz. Qolaversa, davlat xizmatlaridan foydalanishda an’anaviy usullar o‘rniga, onlayn xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Shu kuni Davlat xizmatlari markazi xodimlarining bir qismi uyma- uy yurib fuqarolarga huquqiy targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, maxsus avtobusda fuqarolardan murojaatlar qabul qilib, davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shu bilan birga, fuqarolarni, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolari to‘liq o‘rganib chiqilib, bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash aholi bilan ishlashning mahallabay tizimida to‘liq qamrab olinmoqda.

15.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar