Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan 150 nafar yoshlar hamda mehnat migrantlariga 12 sotixdan ekin yer maydoni ajratib berildi.
Tumandagi “Aramati Bagdada” xususiy korxonasi bir necha yildirki, xorijiy davlatlarga qalampir eksport qiladi. O‘tgan yilda ushbu korxona qoshida “Karavan Bagdad” yoshlar kooperatsiyasi tashkil etilib, 100 nafar yigit-qizga ekin yer maydonlari berildi. Yoshlar o‘zlari uchun ajratib berilgan maydonlarda qalampir yetishtirib, 15-20 million so‘mdan daromad olishdi.
Mazkur tajriba joriy yilda yanada kengroq quloch yozdi: endi bu kooperatsiya o‘z safida 250 nafar yoshlarni birlashtirdi. E’tiborlisi, ularga qalampir ko‘chatlari, zarur mineral o‘g‘itlar kooperatsiya usulida yetkazib beriladi, texnika ta’minoti ham tashkilotchilar zimmasida. Yer egalari faqatgina mehnat qiladilar: 12 sotix maydondan 2-3 martadan hosil olish ularning sa’y-harakatlari va qanchalik ishbilarmon ekaniga bog‘liq.
Dostonbek Qoraboyev “Muqimiy” nomli mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. U ishsiz bo‘lib, “Yoshlar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan.
Dostonbek yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlikdan judayam mamnun. O‘zi uchun ajratib berilgan yerda qalampir parvarishlab, yuqori hosil ko‘tarmoqchi.
–Shu yerda ishlab, halol mehnat qilib, oilamiz daromadiga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyati berilganidan xursandman, - deydi u.
Shu kuni 18 gektar yer maydoni to‘lig‘icha yoshlarga bo‘lib berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |