2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
670 ta ko‘p kvartirali uyni issiqlik bilan ta’minlash holati yaxshilanadi

Hozir mamlakatimizdagi 37 ming 402 ta ko‘p kvartirali uyning 34 ming 894 tasini 4 ming 430 ta shirkat boshqarmoqda. 2 ming 378 ta uyda esa o‘zini-o‘zini boshqarash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

4 ming 430 ta shirkatning moliyaviy holati o‘rganilganda, 1 ming 351 tasi yaxshi, 1 ming 903 tasi o‘rta va 1 ming 176 tasi og‘ir holatda ekani aniqlandi. Hozirda “og‘ir” toifadagi shirkatlar tugatilib, ular tasarrufidagi uylar boshqaruv tashkilotlariga o‘tkazilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “2020 yil natijalari, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2021 yil Davlat dasturida belgilangan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalish va vazifalar” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.  

– 2017-2020 yillarda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan 3 ming 966 ta shirkatga o‘rtacha 3 yillik muddat bilan 1,45 trillion so‘m kredit mablag‘i yo‘naltirildi, – deydi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov. – Joriy yilning yanvar holatiga kredit mablag‘larining eng kam qaytarish foiz stavkasi yil sayin oshmoqda. Natijada 1,69 trillion so‘mdan iborat kreditor qarzdorligi vujudga keldi va uning 73,4 milliard so‘mi muammoli kreditlardir. Shuningdek, aholi shirkatlar majburiy badal to‘lovlaridan 192,7 milliard so‘m qarz bo‘lib qolgan.  

Vazirlik tomonidan “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2 ming 136 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari olib borildi. Buning uchun tijorat banklarining 121,9 milliard so‘m kredit mablag‘lari jalb etildi. 1 ming 906 ta ko‘p kvartirali uyning tom qismi, 2 ming 271 tasining fasadi va 5 ming 816 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi. Shu tariqa, 2017 yilda 118 ta, 2018 yilda 132 ta, 2019 yilda 134 ta va 2020 yilda 149 ta lift yangisiga almashtirildi. Bu ishlar natijasida 3 millionga yaqin aholining turmush tarzi va yashash sharoitlari tubdan yaxshilandi.

2020-2021 yillarda 5 ta markaziy qozonxona - Jizzax shaxridagi “RK-14”, Yangiyo‘l shahridagi “RK-1” va “Turon”, Samarqand shahridagi “RK-1”, Farg‘ona shahridagi RK-3 issiqlik tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha yakuni bo‘yicha 670 ta ko‘p kvartirali uyni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.  

Ko‘p kvartirali uylarning texnik holatini yaxshilash, boshqarish tizimini takomillashtirish, ko‘p kvartirali uylar boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalarni rivojlantirish borasida hududlarda to‘plangan ijobiy tajribani yanada ommalashtirish ko‘zda tutilgan.

10.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar