2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekning dil, ori Hazrat Navoiy

Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tantanali tadbirda davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Adiblar xiyoboni bayramona bezatilgan. Maydonda o‘rnatilgan monitorda mutafakkir shoirning hayoti va ijodiga oid videoroliklar, g‘azallari va hikmatli so‘zlaridan namunalar namoyish etildi. Xiyobonda shoir g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalar va maqom kuylari yangradi. Alisher Navoiy ijodiga oid kitoblar ko‘rgazmasi, badiiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib, mamlakatimizda Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etilishi, mutafakkir nomidagi orden, Xalqaro jamoat fondining ta’sis etilishi, kelgusi yildan boshlab maktablarda shoir ijodi muayyan konsepsiya asosida uzluksiz o‘qitilishining yo‘lga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy so‘zga chiqib, Afg‘onistonda Alisher Navoiy ijodini o‘rganish va o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritdi.

Navoiyshunos olim Shuhrat Sirojiddinov Prezidentimizning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarjimon Xurram Rahimov esa Alisher Navoiy g‘azallarining chet tillar, xususan, nemis tiliga tarjimalari haqida to‘xtalib, shoir g‘azallaridan birini nemis tilida o‘qib berdi.

Tantanali tadbirda shuningdek, Eron, Turkiya, Bolgariya, Ozarbayjon olimlari Alisher Navoiy merosi insoniyatning mulki ekanini ta’kidladi.

Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Shu yerda yozuvchi va shoirlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari X.Sultonov, A.Abduvahitov, Bosh vazir o‘rinbosari B.Musayev ishtirok etdi.

09.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar