Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani Qo‘rg‘oncha mahallasi Fayziobod ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolarning ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, mahalla aholisi foydalanib kelayotgan ko‘prikning nosoz ahvolga tushib qolganligi bo‘yicha videomurojaati tarqalgan edi.
Joylardagi muammolarni o‘rganish, aholini qiynab kelayotgan masalalarni hal etish, umuman, hududlarni kompleks rivojlantirishda fuqarolarning murojaatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu murojaat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari Dilshodbek Nosirov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, elektr energiyasi ta’minoti borasidagi kamchiliklar joyiga borib o‘rganildi va muammo zudlik bilan bartaraf etildi.
Qo‘rg‘oncha mahallasi Fayziobod ko‘chasidagi yuzga yaqin xonadonda 450 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bugun mahalla ahlining quvonchi cheksiz. Chunki, Shahrixon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Oltin Vodiy” podstansiyasidan 110/10 kVt kuchlanishdagi fider yuqori quvvatli boshqa tarmoqqa ulandi, butun Qo‘rg‘oncha qishlog‘iga xizmat qilayotgan ikkita transformator punkti to‘la ta’mirlandi, eski, yaroqsiz holga kelib qolgan 20 dona yog‘och ustun yangi temir-beton tayanchli ustunlarga almashtirilib, 1,2 kilometr masofaga 0,4 kVtli havo tarmog‘i tortildi.
– Kuniga bir necha soatlab, ayniqsa, odamlar ovqatlanadigan, bolalar dars qiladigan vaqtlarda svet bo‘lmasligidan aziyat chekayotgan edik, – deydi Fayziobod ko‘chasida yashovchi, mehnat faxriysi Abdumannob Ismonov. – Ushbu muammo yuzasidan qilgan murojaatimiz elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan juda qisqa muddatda bartaraf etilganidan xursandmiz. O‘z ishiga mas’uliyat bilan qarayotgan mutassaddilardan minnatdormiz. E’tiborga javoban mahallamiz ahli elektr energiyasini isrof qilmay, tejab-tergab foydalanadi.
“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan shtablar tomonidan aholining yuqoridagi kabi murojaatlari qabul qilinib, muammolar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |